AQSh Eron oliy rahnamosi haqidagi ma’lumot uchun mukofot puli e’lon qildi

eʼlon qilindi
$10 mlngacha
AQSh Eron liy rahnamosi haqidagi ma’lumot uchun mukofot puli e’lon qildi / Foto: Reuters

AQSh Eronning yuqori harbiy va razvedka amaldorlari, jumladan yangi oliy rahnamosi Oyatulloh Mojtaba Xomanaiy haqida ma’lumot bergan shaxslarga $10 mlngacha mukofot puli taklif qilmoqda. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.

Davlat departamenti ma’lumotiga ko‘ra, mukofot Eron Islom Inqilobiy qo‘riqchilari korpusi bilan bog‘liq 10 ta yuqori darajadagi amaldorga qaratilgan. Korpus 1979-yilgi Islom Inqilobidan keyin tashkil etilgan bo‘lib, oliy rahnamogaga sodiq va shia ruhoniy tuzilmasini himoya qilish vazifasini bajaradi.

Mojtaba Xomanaiy yaqinda otasi Ali Xomanaiyning o‘rnini egalladi. Ali Xomanaiy va boshqa bir qancha yuqori darajadagi amaldorlar 28-fevraldan boshlangan AQSh va Isroilning havo zarbalari oqibatida o‘ldirilgan edi. Mojtaba Xomanaiy zarbalar paytida jarohat olgani taxmin qilinadi, shundan beri u ommaga ko‘rinmagan, ammo payshanba kuni birinchi bayonotini e’lon qilgan.

AQSh, shuningdek, Eronning xavfsizlik rahbari Ali Lorijoniy, Razvedka vaziri Ismoil Xatib, Ichki ishlar vaziri Iskandar Mo‘miniy va Xomanaiy idorasidagi ikki amaldor haqida ma’lumot qidirmoqda. Lorijoniy juma kuni Tehronda prezident Mas’ud Pazeshkiyon va Tashqi ishlar vaziri Abbos Aoqchi bilan birga o‘tgan mitingda qatnashgan videolarda tasdiqlangan.

Mukofot saytida boshqa to‘rt amaldor, jumladan korpus qo‘mondoni va Mudofaa kengashi kotibi ham ro‘yxatga olingan, ammo ularning ism va fotosuratlari taqdim etilmagan. Davlat departamentining bildirishicha, bu shaxslar korpusning turli bo‘linmalarini boshqaradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Rossiya neftiga qo‘yilgan sanksiyalarni vaqtincha yumshatgani haqida yozgan edik.

Shuningdek