Eron rahnamosi haqida bilganlarga $10 mln, Jizzax va Qoraqalpog‘istonda korrupsion holat, ikki OTMda yangi rektor — 14-mart kungi muhim yangiliklar dayjesti


Elektromobillarni quvvatlash stansiyalari faoliyati yuzasidan senator so‘rovi yuborildi
Senatning Budjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Kobuljon Tursunov elektromobillarni quvvatlash stansiyalari faoliyati yuzasidan Energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudovga senator so‘rovi yuborildi. Bu haqda Oliy Majlis Senati matbuot xizmati ma’lum qildi.

O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi tashkil etiladi
Qishloq xo‘jaligi sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi tashkil etiladi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

AQSh Eron oliy rahnamosi haqidagi ma’lumot uchun mukofot puli e’lon qildi
AQSh Eronning yuqori harbiy va razvedka amaldorlari, jumladan, yangi oliy rahnamosi Oyatulloh Mojtaba Xomanaiy haqida ma’lumot bergan shaxslarga $10 mlngacha mukofot puli taklif qilmoqda. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.

Ikkita universitetga yangi rektorlar tayinlandi
Farg‘ona davlat texnika universiteti va Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetiga yangi rektorlar tayinlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi.

Jizzax va Qoraqalpog‘istonda hokimiyat vakillari pora bilan ushlandi
Jizzax va Qoraqalpog‘istonda hokimiyat vakillarining pora bilan bog‘liq noqonuniy harakatlari aniqlandi. Bu haqda DXX matbuot xizmati ma’lum qildi.

Pokiston kompaniyasi O‘zbekistonda poyabzal ishlab chiqarishi mumkin
Pokistonning «Hawk Fire Industries» kompaniyasi O‘zbekistonda charm sanoati va poyabzal ishlab chiqarish yo‘nalishida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda «Dunyo» AA ma’lum qildi.

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Koreyaga 6:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi 2026-yilgi Ayollar Osiyo kubogining navbatdagi uchrashuvida Koreya Respublikasi bilan maydonga chiqdi va 6:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Bu haqda O‘FA ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Dam olish kunlari qaysi tijorat bankida valyuta ayirboshlash mumkinligi haqida yozgan edik.