Yangiliklar

Eron rahnamosi haqida bilganlarga $10 mln, Jizzax va Qoraqalpog‘istonda korrupsion holat, ikki OTMda yangi rektor — 14-mart kungi muhim yangiliklar dayjesti

Kun davomida O‘zbekiston va dunyoda yuz bergan dolzarb yangiliklar bir maqolaga jamlandi
14-mart kungi muhim yangiliklar dayjesti / Foto: Har xil manbalardan
Elektromobillarni quvvatlash stansiyalari faoliyati yuzasidan senator so‘rovi yuborildi
Elektromobillarni quvvatlash stansiyalari faoliyati yuzasidan senator so‘rovi yuborildi / Foto: YouTube

Elektromobillarni quvvatlash stansiyalari faoliyati yuzasidan senator so‘rovi yuborildi

Senatning Budjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Kobuljon Tursunov elektromobillarni quvvatlash stansiyalari faoliyati yuzasidan Energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudovga senator so‘rovi yuborildi. Bu haqda Oliy Majlis Senati matbuot xizmati ma’lum qildi.

O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi tashkil etiladi
O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi tashkil etiladi / Foto: Sun’iy intellekt

O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi tashkil etiladi

Qishloq xo‘jaligi sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi tashkil etiladi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

AQSh Eron liy rahnamosi haqidagi ma’lumot uchun mukofot puli e’lon qildi
AQSh Eron liy rahnamosi haqidagi ma’lumot uchun mukofot puli e’lon qildi / Foto: Reuters

AQSh Eron oliy rahnamosi haqidagi ma’lumot uchun mukofot puli e’lon qildi

AQSh Eronning yuqori harbiy va razvedka amaldorlari, jumladan, yangi oliy rahnamosi Oyatulloh Mojtaba Xomanaiy haqida ma’lumot bergan shaxslarga $10 mlngacha mukofot puli taklif qilmoqda. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.

Ikkita universitetga yangi rektorlar tayinlandi
Ikkita universitetga yangi rektorlar tayinlandi / Foto: O‘zA

Ikkita universitetga yangi rektorlar tayinlandi

Farg‘ona davlat texnika universiteti va Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetiga yangi rektorlar tayinlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi.

Jizzax va Qoraqalpog‘istonda hokimiyat vakillari pora bilan ushlandi
Jizzax va Qoraqalpog‘istonda hokimiyat vakillari pora bilan ushlandi / Foto: DXX

Jizzax va Qoraqalpog‘istonda hokimiyat vakillari pora bilan ushlandi

Jizzax va Qoraqalpog‘istonda hokimiyat vakillarining pora bilan bog‘liq noqonuniy harakatlari aniqlandi. Bu haqda DXX matbuot xizmati ma’lum qildi.

Pokiston kompaniyasi O‘zbekistonda poyabzal ishlab chiqarishi mumkin
Pokiston kompaniyasi O‘zbekistonda poyabzal ishlab chiqarishi mumkin / Foto: «Dunyo» AA

Pokiston kompaniyasi O‘zbekistonda poyabzal ishlab chiqarishi mumkin

Pokistonning «Hawk Fire Industries» kompaniyasi O‘zbekistonda charm sanoati va poyabzal ishlab chiqarish yo‘nalishida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda «Dunyo» AA ma’lum qildi.

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Koreyaga 6:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi
O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Koreyaga 6:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi / Foto: O‘FA

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Koreyaga 6:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi 2026-yilgi Ayollar Osiyo kubogining navbatdagi uchrashuvida Koreya Respublikasi bilan maydonga chiqdi va 6:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Bu haqda O‘FA ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Dam olish kunlari qaysi tijorat bankida valyuta ayirboshlash mumkinligi haqida yozgan edik.