
Bu kun keltirishi mumkin bo‘lgan kichik qiyinchiliklarga xotirjam munosabatda bo‘ling. Ulardan keyin, albatta, jiddiyroq narsa keladi, deb o‘ylamaslik kerak, garchi eng ta’sirchanlari boshida aynan shunday tuyulishi mumkin. Bu ularning shunday kunlaridan biri bo‘ladiki, ko‘p narsa sodir bo‘layotgan voqealarga bo‘lgan munosabatimizga bog‘liq. Agar qo‘rqmasangiz va vahimaga tushmasangiz, hamma narsani tezda hal qilish mumkin. Quyida burjlar bo‘yicha 14-mart uchun munajjimlar bashoratini taqdim etamiz.
Qo‘y (21.03 – 20.04)
Agar siz biror muhim narsani rejalashtirgan bo‘lsangiz, unutmangki, bugun kimningdir qo‘llab-quvvatlashidan ko‘ra ko‘proq o‘z kuchingizga tayanish kerak. Ilgari bir necha marta yordam bergan odamlar o‘z ishlari bilan juda band bo‘lib, sizning iltimoslaringizga javob bera olmaydi. Yangi tanishlar esa, garchi ko‘p narsalarni va’da qilsa-da, faqat ba’zi murakkab bo‘lmagan vazifalarni hal qilishda yordam beradi. Ammo qat’iyatli va izchil bo‘lsangiz, juda murakkab vazifalarni ham yolg‘iz o‘zingiz hal qila olasiz.
Buzoq (21.04 – 20.05)
Xavotirga o‘rin yo‘q: sizni yomon kun kutmayapti. Biroq hissiy holat beqaror bo‘lib chiqadi, shuning uchun ba’zida arzimagan narsalar tufayli kayfiyat buziladi. Agar siz muammolarni emas, balki quvonch uchun imkoniyatlar va sabablarni payqashga harakat qilsangiz, ajoyib natijalarga erishasiz.
Egizaklar (21.05 – 21.06)
Yaqinlaringiz bilan munosabatlaringiz qanday rivojlanayotganiga e’tibor bering. Bugun eski gina-kuduratlar esga tushishi, azaliy kelishmovchiliklar keskinlashishi mumkin. Hech qanday muammo yuzaga kelmagandek ko‘rinmaslik kerak, darhol hamma narsani muhokama qilish va hal qilishga harakat qilish ancha foydali bo‘ladi. Siz uchun muhim bo‘lgan odamlarga odatdagidan ko‘ra ko‘proq tushunish va qo‘llab-quvvatlash kerak bo‘ladi, lekin hamma ham buni to‘g‘ridan-to‘g‘ri aytishga jur’at eta olmaydi. Ichki sezgingizga quloq soling: u sizga o‘zingizni qanday tutishni o‘rgatadi.
Qisqichbaqa (22.06 – 22.07)
Bo‘lar-bo‘lmasga tashvishlanmang. Bu kun mutlaqo bulutsiz bo‘lishi dargumon, qandaydir omadsiz tasodiflar, achinarli hodisalar, mayda, ammo yoqimsiz xatolar yuz berishi mumkin. Bundan tashqari, ko‘pchilik o‘zlariga nisbatan juda tanqidiy munosabatda bo‘ladi.
Moliya sohasida qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin. Birinchidan, siz o‘z imkoniyatlaringizga ortiqcha baho berasiz va tezroq pul tushishiga umid qilib, keragidan ko‘proq pul sarflaysiz. Ikkinchidan, vasvasalarga qarshi turish oson bo‘lmaydi. Ularning soni biroz kamayishi uchun do‘konlar bo‘ylab sayr qilishni kechiktiring va marketpleyslarga ortiqcha nazar solmang.
Arslon (23.07 – 22.08)
Agar siz bu kunni faqat oddiy va yaxshi tanish ishlarga bag‘ishlashni rejalashtirgan bo‘lsangiz ham, yoqimsiz kutilmagan hodisalarga tayyor turing. Yo‘lda to‘siqlar paydo bo‘lishi mumkin, noxush oqibatlarga olib keladigan tushunmovchiliklar ham istisno etilmaydi. Kun juda noxush o‘tishi mumkin, lekin siz o‘zingizni qo‘lga olasiz, sog‘lom fikr yuritasiz va hech qanday xatoga yo‘l qo‘ymaysiz.
Parizod (23.08 – 23.09)
Uzoq vaqt davomida qo‘lingiz yetmagan ish bilan shug‘ullaning yoki hammani boshi berk ko‘chaga kiritib qo‘ygan masalani hal qilishga urinib ko‘ring. Bu kun foydali mashg‘ulotlar uchun juda mos keladi va ulardan aniq amaliy natijaga erishishga imkon beradiganlariga e’tibor qaratgan ma’qul. Kelajak haqida orzu qilish mumkin, lekin haqiqat bilan aloqani yo‘qotmaslik muhim. Yerda ham odatdagidek mustahkam tursangiz, ko‘p ishlarda kerakli natijalarga erishasiz.
Tarozi (24.09 – 23.10)
Biror narsada darhol muvaffaqiyatga erisha olmasangiz, birozdan so‘ng kerakli natijaga albatta erishasiz. Ayniqsa, yangi narsalarni o‘rganishga, eski tanishlarning tajribasiga murojaat qilishga va boshqalarning g‘oyalarini o‘zlashtirishga tayyor bo‘lganlar uchun qulay kun bo‘ladi. Umuman olganda, turli odamlar bilan til topishish va o‘zaro manfaatli hamkorlik haqida kelishib olish qobiliyati juda foydali bo‘ladi. Siz qandaydir eski aloqalarni tiklashingiz, bir vaqtlar birga o‘qigan yoki ishlagan odamlarga o‘zingizni eslatishingiz mumkin.
Chayon (24.10 – 22.11)
Siz bu kunni qanchalik ko‘p rejalashtirgan bo‘lsangiz, o‘ylaganingizni amalga oshirish uchun shunchalik ko‘p harakat qilishingizga to‘g‘ri keladi. Afsuski, vaziyat unchalik yaxshi bo‘lmaydi, ayniqsa, ertalabdan boshlab. Qiyinchiliklar hech kim kutmagan joyda paydo bo‘lishi mumkin va hatto eng oddiy ishlarga ham ko‘p vaqt sarflashga to‘g‘ri keladi. Bunda muvozanatni yo‘qotmaslik va maqsad sari intilishda davom etish lozim.
O‘qotar (23.11 – 21.12)
Kunning birinchi yarmida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklarni yurakka yaqin olmang. Bu vaqtda ko‘plar boshqa vaqtda e’tibor bermaydigan narsalarga katta ahamiyat beradi va ko‘pincha burj vakillariga yordam beradigan hazil tuyg‘usi ularni o‘zgartirishi mumkin. Yodda tuting, eng yaxshi strategiya – shunchaki kutish. Vaziyat tez orada ijobiy tomonga o‘zgara boshlaydi va aynan shu yerda siz burilish qilasiz.
Tog‘ echkisi (22.12 – 20.01)
Moliyaviy masalalarni hal qilishni kunning ikkinchi yarmiga qoldiring, agar ertalabdan pul sarflashni juda xohlasangiz, kichik miqdor bilan cheklanishga harakat qiling. Yengil qarorlar qilsangiz, xarajatlar me’yordan oshib ketishi mumkin va biroz vaqt o‘tgach, bundan afsuslanasiz.
Qolgan hollarda esa kun yaxshi o‘tadi. U yig‘ilib qolgan mayda-chuyda ishlarni hal qilish, tashkiliy masalalar uchun mos keladi. Kundalik mashg‘ulotlarga ijodiy yondashishga muvaffaq bo‘ling, bu siz kutganingizdan ham yaxshiroq natijalarga erishish imkonini beradi.
Qovg‘a (21.01 – 18.02)
Biror foydali ish qilgingiz keladi va bunday imkoniyat albatta paydo bo‘ladi. Murakkab masalalar sizni qo‘rqitmaydi. Burj vakillari uzoq vaqtdan beri kechiktirgan ishlarga ishtiyoq bilan kirishadi va bunday ishlarni a’lo darajada uddalaydi. Yordam kerak bo‘lmasa kerak, lekin uni yangi tanishlaringizdan biri taklif qilsa, rad etmang. Umumiy ishlar samarali hamkorlik yoki uzoq muddatli do‘stlikni boshlab berishi ehtimoldan xoli emas.
Baliq (19.02 – 20.03)
Qat’iyat bilan harakat qilishga va hatto maqsadga erishish uchun oqilona tavakkal qilishga tayyor bo‘lganlar uchun ko‘plab qiziqarli imkoniyatlar ochiladi. Ko‘plarda tez orada amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan ajoyib g‘oyalar paydo bo‘ladi. Agar rejalaringizni yaqinlaringiz bilan o‘rtoqlashsangiz, kimdir ularni amalga oshirishda ishtirok etishni istaydi.
Moliyaviy jihatdan omadli kun bo‘ladi. Pul tushumlari bo‘lishi mumkin, foydali bitimlar tuzish imkoniyati bo‘ladi. Burj vakillari arzimagan narsalarga ko‘p pul sarflamaydi, aksincha, oqilona tejamkorlikka moyil bo‘ladi. Shanba kuni farovonlik sari ramziy qadam tashlash, masalan, jamg‘arma hisobini ochish yoki to‘ldirish, ortiqcha tangani omonatga tashlash uchun juda mos keladi.