
Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari «Olov teggan narsa bilan og‘iz ochish mumkin emas deyishadi, shu to‘g‘rimi?» degan savolga quyidagicha javob berdi:
«Olov teggan narsa bilan og‘iz ochish mumkin emas degan qat’iy dalillar yo‘q. Imkon bo‘lsa xurmo bilan, xurmo bo‘lmasa suv bilan og‘iz ochish sunnatga muvofiq bo‘ladi. Lekin bu narsalar bo‘lmaganda biror meva yoki olov teggan narsa bilan bo‘lsa ham, og‘izni ochsa zarari yo‘q», – deydi Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Ramazonda suvsizlanishning oldini qanday olish mumkinligi haqida yozgandi. Unga ko‘ra, saharlikdan keyin 250 – 300 ml suv ichish tavsiya etiladi. Bu organizmga ro‘za davomida zarur bo‘lgan zaxira suyuqlikni beradi.
Hududlar kesimida saharlik va iftorlik vaqtlaridagi farqni @fatvouz_taqvim_bot telegram boti orqali aniqlash mumkin. Bot orqali yashash hududingizni tanlab, aniq vaqtlarni bilish imkoni mavjud.