
Xitoylik insayder Digital Chat Station kelajakdagi Oppo Pad 5 Pro planshetining asosiy texnik xususiyatlarini oshkor qildi. Bu haqda ITHome nashri ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, yangi flagman qurilma yuqori darajadagi Qualcomm Snapdragon 8 Elite Gen5 platformasi asosida ishlab chiqiladi va 13,2 dyuymli katta ekranga ega bo‘ladi. Qurilmada 13 000 mAh quvvatga ega batareya o‘rnatilgan bo‘lib, zaryadlash quvvati 67 Vtni tashkil qiladi.
Old kamera 8 MP, asosiy kamera esa 13 MP bo‘ladi. Planshet kamida to‘rtta xotira konfiguratsiyasida taqdim etiladi: 8/256 GB, 12/256 GB, 12/512 GB va 16/512 GB.
Digital Chat Station xabar qilishicha, Oppo Pad 5 Pro aprel oyida superflagman Find X9 Ultra bilan birga taqdim etilishi mumkin. Qurilmaning yuqori narxi Snapdragon 8 Elite Gen5 va katta xotira hajmi hisobga olingan holda taxmin qilinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oppo Find X9s smartfoni global va Xitoy variantlarda taqdim etilishi haqida yozgan edik.