SpaceX’ga asos solinishi, Albert Eynshteyn tavalludi va Stiven Xoking vafoti — kun tarixi

eʼlon qilindi
14-martda sodir bo‘lgan tarixiy hodisalar
Rasm SI yordamida yaratilgan

14-mart sanasi ilm-fan inqiloblari, koinotni zabt etishdagi muhim qadamlar hamda san’at va sport olamidagi yorqin yulduzlarning tavalludi bilan yodda qolgan. Kursiv Uzbekistan kunning eng muhim voqealari xronologik tartibda taqdim etadi.

Foto: Aeon

1879-yilda Germaniyaning Ulm shahrida tarixdagi eng mashhur olim, nisbiylik nazariyasi asoschisi Albert Eynshteyn dunyoga keldi. U o‘zining ilmiy ishlari bilan koinot va vaqt haqidagi tasavvurlarni butunlay o‘zgartirib yubordi. Olim 1921-yili fotoeffekt qonunini ochgani uchun fizika bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan.

Foto: The Filmy Charcha

1965-yili Mumbay shahrida hind kinosining eng nufuzli aktyorlaridan biri, prodyuser va rejissyor Amir Xon tavallud topdi. Uni O‘zbekistonda «Uch savdoyi», «PK» va «Dangal» kabi ajoyib filmlari orqali juda yaxshi tanishadi. U bosh rol ijro etgan «Dangal» filmi Hindiston kinematografiyasi tarixidagi eng ko‘p daromad keltirgan kartinalardan biri hisoblanadi.

Foto: Forbes

1988-yilda AQShning Ogayo shtatida basketbol bo‘yicha NBA yulduzi Stiven Karri dunyoga keldi. U o‘z faoliyati davomida «Golden State Warriors» jamoasi bilan to‘rt marta NBA chempionligini qo‘lga kiritgan. Karri uch ochkolik zarbalar bo‘yicha barcha zamonlarning eng yaxshi o‘yinchilaridan biri sifatida sport tarixidan mustahkam o‘rin olgan.

Foto: NASA

1995-yili xalqaro koinot hamkorligida muhim tarixiy qadam qo‘yildi. Amerikalik astronavt Norman Tagard Rossiyaning Soyuz TM-21 kosmik kemasida parvoz qilib, rus kemasida fazoga ko‘tarilgan ilk AQSh fuqarosiga aylandi. Ushbu parvoz Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan amalga oshirilib, jamoa «Mir» orbital stansiyasiga muvaffaqiyatli yetib borgan.

SpaceX 800 milliard dollargacha baholanishi mumkin bo‘lgan IPO’ni ko‘rib chiqmoqda
Foto: depositphotos

2002-yilda koinotni zabt etishni maqsad qilgan milliarder Ilon Mask bugungi kunda barchamiz eshitgan mashhur SpaceX aerokosmik kompaniyasiga asos soldi. Kompaniyaning asosiy maqsadi kosmik parvozlar narxini arzonlashtirish va kelajakda Mars sayyorasini o‘zlashtirishdan iborat. Bugungi kunda SpaceX koinotga astronavtlar va yuklarni yetkazib berayotgan yetakchi xususiy kompaniya sanaladi.

Foto: WIRED

2018-yili qora tuynuklar va koinotning kelib chiqishini o‘rgangan buyuk daho, ingliz fizigi Stiven Xoking 76 yoshida vafot etdi. U og‘ir xastalikka qaramay, ilm-fan bilan shug‘ullanishda davom etgan va uning «Vaqtning qisqacha tarixi» kitobi butun dunyoda millionlab nusxada sotilgan. Xokingning aynan Eynshteyn tug‘ilgan kunda vafot etishi fan olamida o‘ziga xos ramziy ma’noga ega hodisa sifatida qabul qilingan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan oldingi kunlar xronikasi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek