Abduqodir Husanov ota bo‘ldi

15-mart 2026 09:54 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Abduqodir Husanov haqida 5 ta qiziqarli fakt
Foto: Husanov instagram sahifasi

«Manchester Siti» klubi va O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi, 22 yoshli Abduqodir Husanov 14-mart kuni o‘g‘il farzandning otasi bo‘ldi.

Farzand tug‘ilgani haqidagi xabarni o‘zbek futboli va klub muxlislari xursandchilik bilan kutib oldi. Tarmoqlarda ko‘pchilik sportchini tabriklab, o‘g‘lining otasidek kuchli va qat’iyatli, ilmli bo‘lib ulg‘ayishini tilamoqda.

Xuddi shunday ahamiyatli kunda Husanov «Manchester Siti» tarkibida «Vest Xem Yunayted»ga qarshi o‘yinda maydonga tushdi va uchrashuv 1:1 hisobda yakunlandi. Husanov maydonda o‘yinni nazorat qilishga yordam berdi. APL 30-turida Bernardu Silvaning goli va Konstantinos Mavropanosning aniq zarbasi o‘yin taqdirini hal qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Abduqodir Husanov haqida 5 ta qiziqarli fakt yozgan edi. Unga ko‘ra, Husanov 2004-yil 29-fevral kuni tug‘ilgan. Biroq 2026-yil kabisa yili bo‘lmagani sababli fevral oyi 28 kundan iborat bo‘ladi. Futbolchining navbatdagi «haqiqiy» tug‘ilgan kuni faqat 2028-yilda keladi. Husanov haqida boshqa qiziqarli faktlar bilan Kursiv Uzbekistan maqolasida tanishing.

Shuningdek