Avto

Cobalt va Damas yana oldinda: O‘zbekistonda eng ko‘p sotilayotgan avtomobillar qaysi

2026-yil yanvar – fevral oylarida
Chevrolet Cobalt
Foto: Kursiv Uzbekistan

2026-yil yanvar – fevral oylarida O‘zbekistonda jami 57,5 ming dona avtomobil sotildi. Eng ko‘p sotilgan modellar orasida Cobalt va Damas yetakchilik qildi.

Hisobotga ko‘ra, Cobalt 15,3 ming dona bilan birinchi o‘rinda qayd etildi. Undan keyin 11,2 ming dona natija bilan Damas joy oldi. Tracker 7,6 ming dona, Onix 6,8 ming dona va Labo 4,4 ming dona sotuv bilan keyingi o‘rinlarni egalladi.

Ommabop brendlar

Avtomobil ishlab chiqaruvchilar kesimida eng katta ulush UzAuto Motors hissasiga to‘g‘ri keldi. Korxona ikki oyda 29,9 ming dona avtomobil sotdi. Khorezm Auto 15,7 ming dona, ADM Jizzakh 7,2 ming dona, BYD Uzbekistan esa 4,6 ming dona avtomobil realizatsiya qildi. Asaka Motors esa 80 dona avtomobil sotgan.

Brendlar bo‘yicha Chevrolet ulushi hali ham yuqori, o‘tgan davrda ushbu brenddan 45,6 ming dona avtomobil sotilgan. Kia 4,6 ming va BYD ham mos ravishda 4,6 ming dona sotuv bilan kuchli uchlikdan joy egallagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Chevrolet Cobalt avtomobili nega haliyam ommabop ekani haqida yozgan edi. Cobalt’ning rivojlanish jarayoni bir necha muhim bosqichlardan iborat. 2011-yilda Braziliyada yangi model taqdim etilgan. 2012-yilda esa O‘zbekistonda seriyali ishlab chiqarish boshlandi.