16-mart kuni metan «zapravka»lar faoliyati 16:00 da tugaydi
eʼlon qilindi
Soat 10:00 dan 16:00 ga qadar ishlaydi

Bugun, 16-mart kuni metan «zapravka»lar soat 10:00 dan 16:00 ga qadar ishlaydi. Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi.
Farg‘ona vodiysida metan «zapravka»larning ish vaqti hokimliklar bilan kelishilgan holda, gaz bosimidan kelib chiqib amalga oshiriladi.
Bundan oldin, avvalroq vazirlik 14-martdan boshlab respublikadagi barcha metan «zapravka»lar faoliyati bosqichma-bosqich qayta tiklanishi haqida xabar bergan edi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 15-mart kuni ham metan «zapravka»lar soat 16:00 gacha ishlagani haqida yozgandi.