Mart oyining ikkinchi yarmida aholi tabiiy gazni arzonlashtirilgan narxda oladi

eʼlon qilindi
16-martdan 31-martga qadar
Tabiiy gaz bazaviy me’yori 15-martga qadar uzaytirildi
Mart oyining ikkinchi yarmida aholi tabiiy gazni arzonlashtirilgan narxda oladi / Foto: Fo-energie

Mart oyining ikkinchi yarmida respublika aholisi 50 kub metr tabiiy gaz uchun 1 ming so‘mdan to‘lov amalga oshiriladi. Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi.

Mart oyining boshida havo haroratining keskin soviganini inobatga olib, isitish mavsumida tabiiy gaz uchun belgilangan oylik bazaviy me’yor 15-martga qadar uzaytirilgan edi. «O‘zgidromet» ma’lumotiga ko‘ra, 16–20-mart kunlari respublika hududlarida o‘rtacha havo harorati kunduzi +22°С, kechasi esa +10°С bo‘lishi kutilmoqda.

Shu munosabat bilan 16-martdan boshlab 1-noyabrgacha har oy uchun 100 kub metrgacha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida esa 1-oktabrgacha «bazaviy me’yor» amal qiladi. Mart oyida esa bir oylik 500 kub metr bazaviy me’yorning birinchi yarmi (1–15-mart) uchun 250 kub metr, ikkinchi yarmi (16–31-mart) uchun esa 50 kub metr belgilangan. Shu 50 kub metr tabiiy gaz uchun aholi iste’molchilari bazaviy me’yor doirasida, ya’ni 1 ming so‘mdan to‘lov amalga oshiradilar.

Shuningdek, prezident qarorlariga muvofiq, ehtiyojmand oilalarga ishlatilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun har oyda davlat tomonidan kompensatsiya beriladi. Elektr energiyasi uchun oyiga bazaviy me’yordan ortiq (200 kVt/soatdan keyingi) 150 kVt/soatgacha, tabiiy gaz uchun esa qish oylarida 250 kub metrgacha, boshqa oylarida 150 kub metrgacha bazaviy me’yordan ortiq foydalanilgan qismi uchun kompensatsiya beriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jahon banki O‘zbekistonda gaz sizib chiqishini kamaytirish uchun 10,6 million dollar ajratgani haqida xabar qilgan edik.

Shuningdek