
Apple kompaniyasi AirPods Max 2 ikkinchi avlod to‘liq o‘lchamdagi quloqchinlarini rasmiy ravishda taqdim etdi. Bu haqda Notebookcheck nashri ma’lum qildi.
Yangi modelning dizayni birinchi avlodga o‘xshash bo‘lib, katta alyuminiy quloq yostiqlari va 386 gramm vaznni muvozanatlash uchun tarmoq shaklidagi bosh tasmasi saqlangan. Oldindan buyurtmalar Apple’ning rasmiy onlayn do‘konida 25-martdan boshlanadi. Birinchi yetkazib berishlar esa aprel boshida «start» olishi kutilmoqda. Tavsiya etilgan chakana narx $550 ni tashkil qiladi. Quloqchinlar beshta yangi rangda – ko‘k, binafsha, bej, to‘q sariq va qora mavjud.

Asosiy yangiliklar qurilmaning ichki tizimlarida. Yangi H2 protsessori tufayli faol shovqinni bostirish (ANC) samaradorligi 50% ga oshgan. Chip yangi aqlli funksiyalarni ta’minlaydi. Jumladan, sinxron tarjima va Conversation Awareness rejimi, foydalanuvchi gap boshlaganda shaffof rejimni yoqadi va musiqani yumshatadi. Yangi HDR kuchaytirgich esa tovush sifatini yaxshilaydi va dinamik diapazonni kengaytiradi. Shuningdek, Bluetooth kechikishi kamaytirilgan va kabel orqali USB-C ulanishda Hi-Fi audio (24 bit/48 kHz) qo‘llab-quvvatlanadi.



Boshqaruv Digital Crown g‘ildiragi orqali amalga oshiriladi, korpusda yoqish/o‘chirish tugmasi mavjud emas. Energiya tejash rejimi faqat maxsus qop ichida faollashadi. Avtonom ishlash vaqti faol shovqinni bostirish yoqilgan holda 20 soat musiqa tinglashni ta’minlaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Apple 2026-yilgi iPad Air modelini taqdim etgan edi.