Andijonda ayolni sochini qirqib tashlagan 5 kishiga jinoyat ishi ochildi

eʼlon qilindi
Besh nafar gumonlanuvchi protsessual tartibda qo‘lga olingan
Foto: Getty Images

Andijon viloyatida bir ayolga nisbatan zo‘ravonlik sodir etgan besh nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’lum qildi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Izboskan tumanida 1991-yilda tug‘ilgan ayol Andijon shahrida yashovchi 1998-yilda tug‘ilgan boshqa bir ayolni o‘z turmush o‘rtog‘i bilan yaqin munosabatda bo‘lganlikda gumon qilgan va undan qasos olishni rejalashtirgan.

2025-yil 23-dekabr kuni u tanish ayollar yordamida jabrlanuvchini davolanayotgan shifoxonaga olib kelgan. U yerda ayolga nisbatan haqoratli harakatlar sodir etilib, jarayon videoga ham olingan.

Shundan so‘ng gumonlanuvchi ayol yana ikki nafar erkak tanishini chaqirib, jabrlanuvchini avtomobilga majburan o‘tkazgan holda Andijon tumani Jevachi mahallasi hududidagi ovloq joyga olib borgan. U yerda erkaklardan biri ayolning sochini mashinka yordamida qirqib tashlagan.

Mazkur voqea jarayoni yana bir ayol tomonidan videoga olinib, keyinchalik ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, besh nafar gumonlanuvchi protsessual tartibda qo‘lga olingan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan YPX xodimini BYD avtomobilida urib ketgan shaxs 6 yilga qamalgani haqida yozgandi.

Shuningdek