BYD Seal 06 universal modeli 210 km elektr yurish zaxirasi bilan chiqadi

16-mart 2026 09:47 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
BYD Seal 06 universal modeli 210 km elektr yurish zaxirasi bilan chiqadi
Foto: MIIT

Xitoyda BYD Seal 06 modelining universal (wagon) versiyasi haqida yangi ma’lumotlar e’lon qilindi. CarNewsChina’ga ko‘ra, avtomobil plug-in gibrid tizim bilan ishlab chiqariladi va elektr rejimida 210 kmgacha yurishi mumkin.

Model 1,5 litrli benzin dvigateli va elektromotor kombinatsiyasidan iborat gibrid tizim bilan jihozlanadi. Benzin dvigateli 74 kVt, elektromotor esa 175 kVt quvvat ishlab chiqaradi.

Avtomobil 34,2 kVt/soat sig‘imli batareya bilan jihozlangan. Shu batareya hisobiga WLTC standartiga ko‘ra elektr rejimida 210 km masofani bosib o‘tishi mumkin.

Foto: CarNewsChina

Yangi universal model sedan versiyasiga o‘xshash dizaynga ega. Old qismida ingichka faralar va BYD yozuvi joylashgan. Orqa qismida esa uzluksiz LED fonarlar va tom spoyleri mavjud.

Avtomobil uzunligi 4850 mm, eni 1890 mm, balandligi 1505 mm. G‘ildirak bazasi 2790 mmni tashkil etadi. Model 16 dan 18 dyuymgacha bo‘lgan g‘ildiraklar bilan taklif qilinadi.

Avtomobilga lidar sensorli haydovchiga yordam tizimi ham o‘rnatilishi mumkin. Shuningdek, radarlar, kameralar va panoramali tom kabi opsiyalar ham taklif qilinadi.

Foto: CarNewsChina

BYD Seal 06 universal modeli kompaniyaning Ocean seriyasini kengaytiradi. Hozircha model narxi e’lon qilinmagan, ammo oldingi versiya Xitoyda taxminan $15 mingdan boshlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq BYD Yuan UP’ning yangilangan modeli qanday ko‘rinishga egaligi haqida ma’lumot berilgandi. Tashqi ko‘rinishda katta yangilanishlar kuzatilmaydi. Biroq ayrim texnik elementlar modelda sezilarli yangiliklar borligini ko‘rsatadi.

Shuningdek