
Chevrolet Traverse krossoveri uchun 2026-yil mart oyida yangi moliyaviy va lizing aksiyalari e’lon qilindi. Takliflar AQSh bo‘ylab amal qiladi va oy oxirigacha — 31-martgacha davom etadi, deya yozmoqda GMAuthority nashri.
Xaridorlar avtomobilni GM Financial orqali kreditga olgan taqdirda $500 miqdorida chegirma taqdim etiladi.
Lizing takliflari
2026-yilgi Chevrolet Traverse LT FWD modeli uchun bir nechta lizing variantlari mavjud:
- Oyiga $499, 24 oy muddatga: yiliga 10 ming mil yurish limiti, shartnoma imzolanganda taxminan $5 249 to‘lov.
- Oyiga $489, 24 oy muddatga: GM xodimlari va ularning oila a’zolari uchun maxsus taklif, boshlang‘ich to‘lov taxminan $3 859.
- Oyiga $489, 36 oy muddatga: boshlang‘ich to‘lov taxminan $5 449, ushbu taklif Los-Anjeles hududida amal qiladi.
Barcha lizing paketlarida xavfsizlik depoziti talab qilinmaydi.
Qo‘shimcha bonus
Costco a’zolari yangi 2025 yoki 2026-yilgi Traverse sotib olganda yoki ijaraga olganda $1 250 gacha qo‘shimcha chegirmaga ega bo‘lishi mumkin. Ushbu aksiya 30-aprelgacha amal qiladi.
Narxlari
2026-yilgi Chevrolet Traverse quyidagi boshlang‘ich narxlar bilan taklif qilinadi:
- LT — taxminan $42,8 ming;
- Z71 — taxminan $50,9 ming;
- High Country — taxminan $57,1 ming;
- RS — taxminan $57,4 ming.
Model haqida
2026-yilgi Traverse katta o‘zgarishlarsiz yangilangan. Yangi funksiyalar qatorida Key Card texnologiyasi paydo bo‘lgan – u avtomobilni kalitsiz, maxsus karta yordamida ochish va ishga tushirish imkonini beradi.
Model 2,5 litrli turbo dvigatel bilan jihozlangan bo‘lib, u 328 ot kuchi ishlab chiqaradi. Avtomobil 5 ming funtgacha yuk tortish imkoniyatiga ega. Standart ravishda old g‘ildirakdan tortish tizimi qo‘llanadi, to‘liq tortish tizimi esa qo‘shimcha opsiya sifatida taklif etiladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Chevrolet Tahoe avtomobili uchun chegirma e’lon qilingani haqida yozgandi.