Dollar oshdi: 17-mart uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

eʼlon qilindi
16-mart kuni dollar 20,76 so‘mga tushib, 12 081,63 so‘mni tashkil etdi
Курс доллара на 10 февраля
Foto: Pixabay

17-mart uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar 9,59 so‘mga oshib, 12 091,22 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.

10-mart kuni dollar 15,72 so‘mga oshib, 12 191,25 so‘mni tashkil qildi. Shundan keyin dollarda ketma-ket tushish qayd etildi. Xususan, 11-mart kuni 33,12 so‘mga tushib, 12 158,13 so‘mni, 12-mart kuni 22,37 so‘mga tushib, 12 135,76 so‘mni, 13-martda 33,37 so‘mga tushib, 12 102,39 so‘mni qayd etdi. 16-mart kuniga kelib yana 20,76 so‘mga tushib, 12 081,63 so‘mni tashkil etdi. 

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 7,36 so‘mga oshib, 13 844,45 so‘mni, rubl 1,28 so‘mga tushib, 149,16 so‘mni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan hafta davomida dollar qanday o‘zgargani haqida yozgan edi.

Shuningdek