Eron dushmanlarga ma’lumot yetkazgan 500 kishini hibsga oldi

eʼlon qilindi
Ularning ayrimlari muhim manzillar haqida ma’lumot yetkazib turgan
Eron dushmanlarga ma’lumot yetkazgan 500 kishini hibsga oldi / Foto: Trendsresearch

Eron hukumati mamlakatda dushmanlarga ma’lumot yetkazganlikda ayblanayotgan 500 kishini hibsga oldi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

Islom Respublikasi politsiyasi boshlig‘i Ahmadrizo Radanning aytishicha, hibsga olingan 500 kishining yarmi jiddiy jinoyatlar sodir etgan yoki hujum qilinishi rejalashtirilgan joylar haqida ma’lumot bergan, zarba joylarini suratga olib jo‘natgan. Hibsga olish jarayoni qachon bo‘lgani haqida ma’lumot berilmadi.

Avvalroq, Eron ommaviy axborot vositalari bir nechta hududlarda o‘nlab hibsga olishlar bo‘lganini xabar qilgan. Shimoli-g‘arbiy Eron hududida 20 kishi Eronning harbiy va xavfsizlik obyektlari joylashuvi haqida Isroilga ma’lumot yuborganlikda ayblanib hibsga olingan. Shimoli-sharqiy Eronda esa 10 kishi nozik obyektlar va iqtisodiy infratuzilma bo‘yicha ma’lumot to‘plagani uchun hibsga olingan.

Eron Inqilobiy gvardiyasining hududiy razvedka bo‘limi ma’lumotiga ko‘ra, Eronni bosib olishga urinishlar fonida, Isroil va AQSh bir vaqtning o‘zida josuslar va bo‘ysunuvchilarni tartibsizliklarni uyushtirishga jalb qilmoqda. Shuningdek, G‘arbiy Lorestan viloyatida uch kishi jamoatchilik fikrini buzishga urinish va motam ramzlarini yoqishda ayblanib hibsga olingan.

Manbalarga ko‘ra, Isroil maydonlardagi josuslar tomonidan berilgan ma’lumotlar asosida xavfsizlik nazorat punktlarini nishonga olmoqda. Bu esa Eronga qarshi hujumlarning yangi bosqichiniga zamin bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Eronning yuqori harbiy va razvedka amaldorlari, jumladan yangi oliy rahnamosi Oyatulloh Mojtaba Xomanaiy haqida ma’lumot bergan shaxslarga $10 mlngacha mukofot puli taklif qilgan edi.

Shuningdek