Fond bozori: «Ipoteka-bank» aksiyalari qiymati bir haftada 8,65 foizga oshdi

eʼlon qilindi
6-martdan 13-martgacha bo‘lgan davrda
Fond bozori: «Hamkorbank» aksiyalari yana qimmatlashdi
Foto: The WallStreet School

«Toshkent» respublika fond birjasi (RFB)dan joy olgan yuqori likvidli aksiyalarning aksariyati 6-martdan 13-martgacha bo‘lgan davrda salbiy dinamikani ko‘rsatdi. Ammo UCI fond indeksi 5,5 foizga oshdi.

Ushbu davr mobaynida «Ipoteka-bank» aksiyalari eng katta o‘sishga erishib, 8,65 foizga qimmatlashdi. Shuningdek, «Qizilqumsement» (+7,58%) va «O‘zsanoatqurilishbank» (+6,33) aksiyalarida ham o‘sish qayd etildi.

O‘z navbatida, «O‘zRTXB» aksiyalari 9,07 foizga arzonlashib, haftaning eng katta pasayishini qayd etdi. Bundan tashqari, «Qashqadaryo texnologik transport» aksiyalari (-8,16%) va «O‘zbekneftgaz» (-7,69%) aksiyalari ham pasayish bilan ajralib turdi. Faqatgina «O‘zbektelekom»ning ham oddiy, ham imtiyozli aksiyalari narxida (chunki ular boʻyicha savdolar toʻxtatilgan), shuningdek, «Aloqabank» aksiyalarida o‘zgarish kuzatilmadi.

Ushbu davrda bitimlar soni bo‘yicha O‘zRTXB (1 692 ta), «Kapital sug‘urta» (861 ta) va «Hamkorbank» (753 ta) peshqadam bo‘ldi.

Aksiyalar bozorida ushbu haftada hajm bo‘yicha esa «O‘zRTXB» (8,93 mlrd so‘m) yetakchilik qildi. «Hamkorbank» (1,67 mlrd so‘m) va «O‘zsanoatqurilishbank» (272,81 mln so‘m) aksiyalari yuqori uchlikdan joy oldi.

Yuqori likvidli aksiyalardan 12 tasi haftani ijobiy, uchtasi o‘zgarishsiz va 14 tasi salbiy natija bilan yakunladi. Birjaviy savdolarning asosiy maydonchadagi umumiy hajmi 14,27 mlrd so‘m bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Kapital sug‘urta» imtiyozli aksiyalari bo‘yicha savdolar yana tiklangani haqida xabar berilgandi. 2026-yil 16 – 27-fevral kunlari ushbu aksiyalar narxi sezilarli darajada oshgan. Shu sababli birja qoidalariga muvofiq 2-martdan boshlab savdolar vaqtincha to‘xtatilgan edi.

Shuningdek