Yangiliklar

«Oskar – 2026» mukofoti g‘oliblari e’lon qilindi

Pol Tomas Andersonning «Jang ortidan jang» kartinasi yilning eng yaxshi filmi deb topildi
Foto: The Hollywood Reporter

16-martga o‘tar kechasi Los-Anjelesdagi Dolby teatrida Amerika kinoakademiyasining 98-«Oskar» mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Joriy yilda nominatsiyalar soni 24 taga kengaytirildi va g‘oliblarga topshirildi.

Pol Tomas Andersonning «Jang ortidan jang» filmi eng muvaffaqiyatli loyiha bo‘ldi. Kartina «Eng yaxshi film», «Eng yaxshi rejissyor», «Eng yaxshi montaj» hamda «Eng yaxshi moslashtirilgan ssenariy» yo‘nalishlarida g‘olib chiqdi.

Foto: The Hollywood Reporter

Tarixda ilk marta joriy etilgan «Eng yaxshi kasting» yo‘nalishida ham ushbu film mutaxassisi Kassandra Kulukundis mukofotlandi.

«Eng yaxshi aktyor» unvoni «Gunohkorlar» filmidagi roli uchun Maykl B. Jordanga nasib etdi va u ushbu yo‘nalishda g‘olib bo‘lgan oltinchi qora-tanli aktyorga aylandi.

Foto: NDTV Profit

«Eng yaxshi aktrisa» deb «Xamnet» tarixiy dramasidagi ishtiroki uchun Jessi Bakli e’tirof etildi. Mukofot uchun Rouz Birn, Keyt Xadson, Renate Reinsve va Emma Stoun nomzod bo‘lgan edi.

Foto: Evening Standard

Ikkinchi darajali eng yaxshi erkak va ayol rollari uchun mos ravishda Shon Penn («Jang ortidan jang») hamda 75 yoshli Emi Medigan («Qurollar») taqdirlandi.

Foto: The Guardian

«Eng yaxshi pardoz va soch turmagi» — «Frankenshteyn» – Mayk Xill, Jordan Samuel va Kliona Fyuri. «Eng yaxshi kostyum dizayni» — «Frankenshteyn» – Keyt Xouli

Foto: REUTERS / Mario Anzuoni

«Eng yaxshi hujjatli film» nominatsiyasida «Janob Hech kim Putinga qarshi» filmi tengsiz bo‘ldi.

«Eng yaxshi qisqa metrajli multfilm» — «Marvaridlar bilan yig‘lagan qiz»;

«Eng yaxshi qisqa metrajli hujjatli film» — «Barcha bo‘sh xonalar»;

Foto: IndieWire

«Eng yaxshi vizual effektlar» — «Avatar: Olov va kul»;

«Eng yaxshi ovoz» — «F1» esa eng yaxshi ovoz uchun e’tirof etildi;

«Eng yaxshi original saundtrek» — «Gunohkorlar» – Lyudvig Goransson.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2026-yilgi «Oskar» mukofotiga nomzodlar e’lon qilingani haqida xabar bergan edi.