Majburiy ovoz yig‘ilgan loyihalar «Open budjet»dan chetlatiladi

eʼlon qilindi
Xodimlarni ovoz to‘plashga majburlash majburiy mehnat sifatida baholanadi
open budjet
Foto: Kursiv Uzbekistan

Ayni paytda «Tashabbusli budjet» jarayonining joriy yilgi birinchi mavsumi doirasida ovoz berish bosqichi davom etmoqda. Iqtisodiyot va moliya vazirligi fuqarolarni ovoz berishda erkinlikni ta’minlash zarurligini eslatdi.

Ma’lum qilinishicha, tashabbusli budjetlashtirish jarayonida budjet tashkilotlari rahbarlariga xodimlardan majburiy tarzda ovoz yig‘ishni talab qilish taqiqlangan.

Qonunchilikka ko‘ra, xodimlarni ovoz to‘plashga majburlash majburiy mehnat sifatida baholanadi. Shunday holatlar aniqlansa, majburiy tarzda ovoz yig‘ilgan loyihalar ovoz berish bosqichidan chiqarib tashlanadi.

Agar fuqarolar yoki xodimlar ovoz yig‘ishga majburlash holatlariga duch kelsa, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 1176 qisqa ishonch raqamiga murojaat qilish tavsiya etiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan fuqarolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan norasmiy Telegram botlari orqali «Tashabbusli budjet» jarayonida ovoz berish evaziga pul mukofoti va’da qilinayotgani haqida ogohlantirilgani haqida yozgandi.

Shuningdek