Muzaffar Kamilov PAda yangi lavozimga tayinlandi

eʼlon qilindi
Prezident administratsiyasi Diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha departamentining rahbari
Foto: UzReport

Muzaffar Kamilov bugun, 16-martdan boshlab Prezident administratsiyasi Diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha departamentining rahbari lavozimida ish boshlaydi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Shu munosabat bilan u ilgari egallab kelgan prezidentning vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar hamda din va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchi o‘rinbosari lavozimidan ozod qilindi. Ushbu lavozimni u 2025-yil 31-iyulidan beri bajarib kelgan.

Shuningdek, Kamilov 2018-yilgacha Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida boshqarma boshlig‘i sifatida ishlagan, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti va Toshkent davlat iqtisodiyot universitetlarida prorektor lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2018-yil 18-aprelidan Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan va 2022-yil 2-fevralida prezidentning jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisiga o‘tkazilgan.

Shu bilan birga, u 2021-yil 25-maydan 2023-yil 30-sentabrgacha O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rektori bo‘lgan. 2024-yil dekabrida u yana shu oliy ta’lim muassasasiga qayta tayinlangan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Saida Mirziyoyeva Administratsiyada kadrlar tarkibini yangilagani haqida yozgandi.

Shuningdek