Navro‘z munosabati bilan “Afrosiyob” qo‘shimcha qatnovlarni yo‘lga qo‘yadi

eʼlon qilindi
20, 21 va 22-mart kunlari
«Afrosiyob» poyezdiga qo‘shimcha qatnovlar yo‘lga qo‘yildi
Navro‘z munosabati bilan «Afrosiyob» qo‘shimcha qatnovlarni yo‘lga qo‘yadi / Foto: «O‘ztemiryo‘lovchi»

Navroʻz bayrami munosabati bilan qo‘shimcha «Afrosiyob» elektropoyezdlari harakatga qo‘yiladi. Bu haqda «Temiryo‘lekspress» AJ matbuot xizmati ma’lum qildi.

20, 21 va 22-mart kunlari Toshkent — Samarqand — Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha qatnovlar amalga oshiriladi. Samarqand vokzalidan soat 10:55 da (№775 Afrosiyob poyezdi), Toshkent markaziy vokzalidan esa soat 13:56 da (№776 Afrosiyob poyezdi) yo‘lga chiqadi.

Chiptalarni «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ rasmiy sayti, mobil ilovasi yoki temir yo‘l kassalaridan xarid qilish mumkin. Yo‘lovchilarga safarni oldindan rejalashtirish tavsiya etiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navro‘z munosabati bilan muzey va mehmonxonalarga chegirmalar e’lon qilingan edi.

Shuningdek