Yangiliklar

O‘zbekistonda sun’iy intellektdan foydalanish qoidalari tasdiqlandi

SIni yaratish bo‘yicha ham
Sun’iy intellekt yaratgan TOP-10 serdaromad kasb
O‘zbekistonda sun’iy intellektdan foydalanish qoidalari tasdiqlandi / Foto: LinkedIn

O‘zbekiston Respublikasida sun’iy intellektni yaratish, joriy etish va foydalanish bo‘yicha yangi etika qoidalari tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Mazkur hujjat bilan sun’iy intellekt texnologiya va tizimlaridan foydalanishda bir qator etika tamoyillari belgilandi. Ularga ko‘ra, SI qonuniy bo‘lishi, shaxs, jamiyat va davlat manfaatlari hamda atrof-muhitni himoya qilish ustuvorligi, tushunarli va ochiq bo‘lish, mas’uliyat, javobgarlik va nazorat, adolatli bo‘lish va kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik, ma’lumotlar himoyasi hamda ishonchlilik va xavfsizlik kabi prinsiplarga rioya qilishi lozim.

Shuningdek, inson huquq va erkinliklariga aloqador, shuningdek, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalardagi muhim qarorlar qabul qilinishida faqat sun’iy intellekt tizimlarining xulosalariga tayanmaslik talabi belgilandi. Bu qarorlar, masalan, kasalliklarni tashxislash yoki davolash usullarini belgilash kabi holatlarni o‘z ichiga oladi.

Sun’iy intellekt texnologiyalarini ishlab chiquvchi va joriy etuvchi foydalanuvchilar foydalanuvchilarga quyidagilarni ta’minlashi shart: tizimlardan qanday maqsadda foydalanish mumkinligi yoki taqiqlanishi, sun’iy intellekt yechimlari doimo to‘g‘ri bo‘lmasligi, shuningdek, ularning natijalaridan faqat tavsiyaviy yoki ma’lumot maqsadida foydalanish mumkinligi.

Qoidalar shuningdek, sun’iy intellekt ishtirokchilari huquq va majburiyatlarini ham aniq belgilab beradi, bu esa texnologiyalardan mas’uliyatli va xavfsiz foydalanishni ta’minlaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq milliy statistika tizimi mutaxassislarining malakasi oshirilishi haqida yozgan edik.