Qadr kechasida 1765 ta masjidda Qur’oni karimning xatmonalari o‘tkaziladi

eʼlon qilindi
Marosimlar yakunida jamoaviy tarzda duolar qilinadi
Ramazon oyida 1762 ta masjidda «Xatmi Qur’on» tadbirlari tashkil etiladi
Qadr kechasida 1765 ta masjidda Qur’oni karimning xatmonalari o‘tkaziladi / Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi

16-mart, dushanba kuni Qadr kechasi munosabati bilan 27 kun davomida 1765 ta masjidda qori va hofizlar tomonidan o‘qib tugatilgan Qur’oni karimning xatmonalari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Mazkur marosimlar yakunida mamlakatdagi masjidlarda bir vaqtda jamoaviy tarzda duolar qilinadi. Ulamolarning ta’kidlashicha, Qur’on to‘liq xatm qilingandan so‘ng qilingan duolar ijobat bo‘lishiga umid katta.

Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Qur’on xatm qilinganda ijobat bo‘ladigan duo bor». Bundan kelib chiqadiki, jamoat bo‘lib o‘qilgan namozlar, ayniqsa, Qadr kechasida xatmi Qur’onlardan keyin qilinadigan duolar ijobat bo‘ladi, insho Alloh, – deya yozadi idora.

Ma’lumot uchun, 18-fevraldan boshlab respublikadagi 2148 ta masjidning 2101 tasida taroveh namozlari o‘qilmoqda. Shuningdek, 1762 ta masjidda «Xatmi Qur’on» tadbirlari tashkil qilindi. Ushbu jarayonda qatnashish uchun 3642 nafar iqtidorli qorilar saralab olingan.

Taroveh namozlari har kuni soat 20:30 dan keyin boshlanib, taxminan 1 mlnga yaqin fuqarolar har kuni taroveh namozlarida ishtirok etishi taxmin qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ramazon munosabati bilan ayrim oilalarga 1 million so‘m moddiy yordam berilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek