Gadjetlar

Samsung Galaxy A57 va A37 narxlari e’lon qilindi

Samsung Galaxy A57 Tailandda ikki xil xotira variantida sotuvga chiqadi
Samsung Galaxy A37 va A57 taqdimoti mart oyiga qoldirildi
Foto: Frontalka

Internetda Samsung Galaxy A57 va A37 smartfonlari rasmiy taqdimotdan oldin jonli videolarda paydo bo‘ldi. Videoni TikTok’da may_3110 nomli foydalanuvchi qurilmalarning dizayni va ayrim texnik tafsilotlarini ko‘rsatdi.

Foto: TikTok / may_3110

Videolarga ko‘ra, har ikki smartfon ham uchta kamerali modulga ega bo‘lgan tanish dizaynni saqlab qolgan. Korpusida metall va shisha materiallar ishlatilgani ko‘rinadi. Shuningdek, qurilmalar One UI 8.5 interfeysi bilan ishlashi, u esa Android 16 operatsion tizimi asosida ishlashi ma’lum bo‘lgan.

Tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, Samsung Galaxy A57 Tailandda ikki xil xotira variantida sotuvga chiqadi. 12/256 GB versiyasi taxminan 17 999 bat (qariyb $555), 12/512 GB modeli esa 20 999 bat (taxminan $645) atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

Samsung Galaxy A37 esa 8/256 GB konfiguratsiyada taklif qilinadi va uning narxi 13 999 bat (taxminan $430) deb aytilmoqda.

Oldingi sizib chiqqan ma’lumotlarda esa Galaxy A57 6,6 dyuymli AMOLED displey, Full HD+ ruxsat va 120 Gts yangilanish chastotasiga ega bo‘lishi aytilgandi. Unga Exynos 1680 protsessori, 50+12+5 megapikselli kamera tizimi hamda 5000 mA·soat sig‘imli batareya o‘rnatilishi kutilmoqda. Qurilma 45 vattli tezkor zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi.

Galaxy A37 esa 6,7 dyuymli AMOLED ekran, Exynos 1480 chipi, 50+8+5 megapikselli kamera va xuddi shunday 5000 mA·soat batareya hamda 45 vattli zaryadlash texnologiyasiga ega bo‘lishi mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Samsung Galaxy Z TriFold AQShda qayta sotuvga chiqishi haqida yozgandi.