Yangiliklar

Toshkent – Dubay yo‘nalishidagi ayrim reyslar ortga qaytarildi

BAA havo hududi qisman yopilishi munosabati bilan
Foto: UzAirways

Bugun, 16-mart kuni BAA havo hududi qisman yopilishi munosabati bilan Dubayga jo‘nab ketgan ikkita reys Toshkentga qaytarildi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.

Unga ko‘ra, bu parvozlar HY333 (Uzbekistan Airways) va C6351 (Centrum Air) reyslaridir.

BAA rasmiylariga tayanib, Al Jazeera xabariga ko‘ra, ertalab Dubay xalqaro aeroportida dron hujumi oqibatida yonilg‘i bakida yong‘in yuzaga kelgan va shu sababli aeroport faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.

Uzbekistan Airways yo‘lovchilarga HY333/334 reyslarining bekor qilinishini ma’lum qilib, chiptalarni bepul qayta bron qilish yoki pulini qaytarib olish imkoniyatini taqdim etdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Centrum Air aviakompaniyasi 12 – 13-mart kunlari Toshkent – Dubay – Toshkent yo‘nalishidagi C6351 va C6352 reyslari bekor qilinganini ma’lum qilgandi.