
Chevrolet Damas Move & Max O‘zbekistonda kichik biznes uchun eng ko‘p tanlanadigan avtomobillardan biri hisoblanadi. Uning ixcham o‘lchami, nisbatan tejamkor yoqilg‘i sarfi va keng yukxona imkoniyatlari sabab Damas ko‘pincha ishchi transport sifatida ishlatiladi.
Ko‘plab haydovchilar bu avtomobilni nafaqat shaxsiy transport, balki barqaror daromad manbai sifatida ham ko‘radi. To‘g‘ri foydalanilsa, Damas yordamida oyiga bir necha million so‘m daromad qilish mumkin.
Kursiv Uzbekistan Chevrolet Damas bilan daromad qilish uchun bir nechta biznes g‘oyalarni ko‘rib chiqdi.
Nega aynan Damas biznes uchun qulay
Chevrolet Damas Move & Max ning asosiy afzalliklari quyidagilar:
- ixcham o‘lcham — shahar ko‘chalarida qulay harakatlanadi
- keng yukxona — yuk tashish uchun mos
- yoqilg‘i sarfi nisbatan kam
- servis va ehtiyot qismlar arzon
- ko‘p yo‘nalishda foydalanish mumkin
Shu sabab bu model kichik biznes boshlash uchun eng mos avtomobillardan biri hisoblanadi.
Kichik yuk tashish xizmati

Shaharlarda Damas eng ko‘p ishlatiladigan xizmatlardan biri — kichik yuk tashish. Ko‘chish, maishiy texnika yoki kichik mebel tashishda bu avtomobil juda qulay.
| Ko‘rsatkich | Miqdor |
|---|---|
| 1 ta buyurtma narxi | 80 ming so‘m |
| Kunlik buyurtma | 4 ta |
| Kunlik tushum | 320 ming so‘m |
| Oylik tushum (26 kun) | 8,320 mln so‘m |
Yoqilg‘i xarajati
| Ko‘rsatkich | Miqdor |
|---|---|
| Kunlik yoqilg‘i sarfi | 6 litr |
| 1 litr narxi | 10 ming so‘m |
| Kunlik xarajat | 60 ming so‘m |
| Oylik xarajat | 1,560 mln so‘m |
Taxminiy sof daromad: 6–7 mln so‘m (taxminiy hisobda)
Yetkazib berish xizmati

So‘nggi yillarda onlayn savdo rivojlanishi bilan kuryerlik va yetkazib berish xizmatlari ham ko‘paydi. Supermarketlar va internet do‘konlar ko‘pincha kichik yuklar uchun aynan Damasdan foydalanadi.
| Ko‘rsatkich | Miqdor |
|---|---|
| Kunlik yetkazib berish | 10 ta |
| 1 ta buyurtma narxi | 20 ming so‘m |
| Kunlik tushum | 200 ming so‘m |
| Oylik tushum | 5,200 mln so‘m |
Taxminiy sof daromad: 3–4 mln so‘m (taxminiy hisobda)
Fermer mahsulotlarini tashish

Damas qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tashish uchun ham juda qulay. Fermerlar ko‘pincha sabzavot va mevalarni bozorga yetkazishda shu avtomobildan foydalanadi.
| Ko‘rsatkich | Miqdor |
|---|---|
| 1 ta tashish | 120 ming so‘m |
| Kunlik qatnov | 3 ta |
| Kunlik tushum | 360 ming so‘m |
| Oylik tushum | 9.360 mln so‘m |
Taxminiy sof daromad: 7 mln so‘m (taxminiy hisobda)
Mobil savdo nuqtasi

Ba’zi tadbirkorlar Damasni ko‘chma savdo nuqtasi sifatida ishlatadi. Masalan:
- ichimlik savdosi
- fast-food
- muzqaymoq yoki qahva
| Ko‘rsatkich | Miqdor |
|---|---|
| Kunlik savdo | 500 ming so‘m |
| Foyda marjasi | 30 % |
| Kunlik foyda | 150 ming so‘m |
| Oylik foyda | taxminan 3,9 mln so‘m |
Qurilish materiallari tashish

Qurilish mavsumida g‘isht, sement yoki boshqa materiallarni tashishga talab ortadi. Bu xizmat ham Damas uchun yaxshi daromad manbai bo‘lishi mumkin.
Hisob-kitob
| Ko‘rsatkich | Miqdor |
|---|---|
| 1 ta buyurtma | 100 ming so‘m |
| Kunlik buyurtma | 4 ta |
| Kunlik tushum | 400 ming so‘m |
| Oylik tushum | 10,4 mln so‘m |
Taxminiy sof daromad: 8 mln so‘m
Damas Move & Max texnik xususiyatlari

Chevrolet Damas Move & Max modeli kundalik ish faoliyati uchun mo‘ljallangan bo‘lib, shahar va shahar atrofi yo‘llarida foydalanish uchun qulay hisoblanadi.
| Ko‘rsatkich | Ma’lumot |
|---|---|
| Boshlang‘ich narx | 134 439 000 so‘m |
| Dvigatel | 1.2 / 1.5 litr |
| Uzatma | MT-5 / MT-6 |
| Maksimal quvvat | 81 / 103 ot kuchi |
| Yoqilg‘i sarfi | 6.5 litr |
| Yukxona hajmi | 496 – 3050 litr |
Modelda quyidagi xavfsizlik tizimlari mavjud:
- ABS — bloklanishga qarshi tormoz tizimi
- EBD — tormoz kuchini elektron taqsimlash
- ESC — elektron barqarorlik tizimi
- old xavfsizlik yostiqchalari
Chevrolet Damas Move & Max oddiy avtomobil emas, balki kichik biznes boshlash uchun qulay vosita hisoblanadi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, bu avtomobil yordamida faoliyat turiga qarab oyiga 3 mln so‘mdan 8 mln so‘mgacha sof daromad qilish mumkin.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Yangi Chevrolet Damas Xitoy originali bilan solishtirilgani haqida yozgandi.