Yangiliklar

17-mart kuni metan «zapravkalar» soat 10:00 dan ishlaydi

Energetika vazirligi xabar berdi
14-mart kuni metan "zapravka"lar cheklangan vaqtda faoliyat yuritadi
Foto: Facebook

Bugun, 17-mart kuni metan «zapravkalar» soat 10:00 dan boshlab faoliyat yuritadi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, Farg‘ona vodiysida «zapravkalar»ning ish vaqti hokimliklar bilan kelishilgan holda, gaz bosimidan kelib chiqib amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq vazirlik 14-martdan boshlab respublikadagi barcha metan «zapravka»lar faoliyati bosqichma-bosqich qayta tiklanishi haqida xabar bergan edi.

Ammo 14-martdan buyon, shuningdek, 16-mart kuni ham «zapravka»lar cheklangan vaqtlarda faqat soat 10:00 dan 16:00 gacha xizmat ko‘rsatdi.