Yangiliklar

Instagram maxfiy yozishmalarni to‘liq shifrlashdan voz kechadi

8-maydan kuchga kiradi
Instagram o‘smirlar xavfsizligi uchun ota-onalarni ogohlantirish tizimini ishga tushiradi
Foto: Facebook

Meta kompaniyasi Instagram platformasida shaxsiy xabarlar uchun joriy etilgan boshidan oxirigacha shifrlash funksiyasini bekor qilishga qaror qildi. Ushbu o‘zgarish shu yilning 8-mayidan kuchga kiradi, deya yozmoqda The Verge nashri.

Unga ko‘ra, mazkur xavfsizlik funksiyasidan foydalanuvchilar orasida talab juda past bo‘lgan. Shu sababli, maxfiy muloqotni davom ettirmoqchi bo‘lganlarga WhatsApp messenjeridan foydalanish tavsiya etilgan.

Shuningdek, agar foydalanuvchilarda shifrlangan chatlar mavjud bo‘lsa, ularga xabarlar va media fayllarni oldindan yuklab olish bo‘yicha ko‘rsatmalar beriladi. Shuningdek, ayrim foydalanuvchilardan ilovani yangilash talab qilinishi mumkin.

Mazkur o‘zgarish haqidagi ma’lumot Instagram’ning yordam markazida ham e’lon qilingan bo‘lib, bunga 9to5Google nashri e’tibor qaratgan. Shu bilan birga, ayrim foydalanuvchilar bu haqda bildirishnomalarni allaqachon olayotgani Reddit orqali ma’lum bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Meta ushbu funksiyani Instagramda ilk bor 2021-yilda sinov tariqasida joriy etgan edi. Biroq hozirgacha u faqat cheklangan hududlarda ishlagan va keng ommalashmagan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Instagram o‘zining TV ilovasini ishga tushirgani haqida yozgandi.