Gadjetlar

iPhone 19e modeli qanday ekran bilan taqdim etiladi

Smartfon 2028-yil bahorida taqdim etiladi
iPhone 19e modeli qanday ekran bilan taqdim etiladi / Foto: Apple

Apple kompaniyasi iPhone 19e modelida yuqori yangilanish chastotali displey joriy etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda ZDnet nashri ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, iPhone 19e 2028-yil bahorida taqdim etilishi kutilmoqda. Hozirgi iPhone 17e modeli OLED panel bilan 60 Gts yangilanish chastotasiga ega bo‘lib, bitta orqa kamera va nisbatan kichik batareya bilan ishlaydi. iPhone 19e esa sezilarli yangilanishga ega bo‘ladi.

Apple LTPO OLED-displeyni 120 Gts yangilanish chastotasi bilan ishlatishni rejalashtirmoqda. Bu texnologiya ko‘rsatilayotgan ma’lumotga qarab yangilanish chastotasini 1 Gts dan 120 Gts gacha dinamik tarzda o‘zgartirish imkonini beradi. Shu bilan skroll, animatsiya va umumiy javob berish tezligi sezilarli darajada silliqlashadi.

Kompaniya xarajatlarni kamaytirish uchun eski flagman modellardan ba’zi qismlarni ishlatishi kutilmoqda. Shu jumladan, 6,3 dyuymli displey, 2622 x 1206 o‘lcham va HDR-kontent uchun yuqori yorqinlik darajasiga ega panel iPhone 17 seriyasidan olinishi mumkin. LTPS dan LTPO ga o‘tish esa energiya samaradorligini oshirib, kundalik ishlatishda batareya quvvatini uzaytiradi.

Shuningdek, yangi modelda doimiy yoqilagan displey qo‘llab-quvvatlanishi ham kutilmoqda. LTPO texnologiyasi ekranni juda past yangilanish chastotasiga o‘tkazish imkonini beradi, bu esa asosiy ma’lumotlarni energiya sarfini oshirmasdan ko‘rsatishga imkon beradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Apple kompaniyasi AirPods Max 2 ikkinchi avlod to‘liq o‘lchamdagi quloqchinlarini rasmiy ravishda taqdim etgan edi.