Avto

Kia Soluto fevralda eng ko‘p sotilgan modellar qatoriga kirdi. Birinchi o‘rinda Cobalt

Bu model 2025-yil oxirida taqdim etilgan bo‘lib, tez orada top modellar qatoriga kirdi
Kia Soluto fevralda eng ko‘p sotilgan modellar qatoriga kirdi, birinchi o‘rinda Cobalt
Foto: kolesa.kz

Kia Soluto fevralda eng ko‘p sotilgan modellar qatoriga kirdi. Qozog‘istonda 2026-yilning ilk ikki oyi yakuniga ko‘ra, yangi avtomobillar savdosi o‘tgan yilga nisbatan 1,5 foizga oshdi.

Yanvarda savdo keskin o‘sgan bo‘lsa, fevral oyida pasayish kuzatildi. Fevralda jami 13,4 ming dona yengil va yengil tijorat avtomobili sotildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 16,1 foizga kam.

Fevral oyida bozor yetakchisi Hyundai bo‘ldi. Kompaniya 2,8 mingta avtomobil sotdi. Ikkinchi o‘rinda Kia 2,4 ming dona bilan qayd etildi. Uchinchi o‘rinni Chevrolet 2 ming dona bilan egalladi.

Top – 5 ga yana Xitoyning Chery va Jetour brendlari kirdi. Ular mos ravishda 1 ming va 808 ta avtomobil sotgan.

O‘rinMarka2026-yil fevral savdosi (dona)
1Hyundai2768
2Kia2402
3Chevrolet1975
4Chery1043
5Jetour808
6Changan748
7Haval535
8Geely403
9JAC357
10Toyota288

Model reytingida esa Chevrolet Cobalt yetakchilikni saqlab qoldi. Fevralda ushbu modeldan 1,7 ming dona sotildi. Ikkinchi o‘rinda Hyundai Tucson 1,7 ming dona bilan joylashdi. Kia Sportage esa 1,3 ming dona bilan uchinchi bo‘ldi.

Shuningdek, Changan CS55 Plus 513 dona bilan to‘rtinchi o‘rinni egalladi. Kia Soluto esa 382 dona natija bilan beshinchi o‘ringa chiqdi. Bu model 2025-yil oxirida taqdim etilgan bo‘lib, tez orada Top modellar qatoriga kirdi.

Foto: Qozog‘iston avtomobil ittifoqi

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda eng ko‘p sotilayotgan avtomobillar haqida ma’lumot berilgandi. Hisobotga ko‘ra, Cobalt 15,3 ming dona bilan birinchi o‘rinda qayd etildi. Undan keyin 11,2 ming dona natija bilan Damas joy oldi. Tracker 7,6 ming dona, Onix 6,8 ming dona va Labo 4,4 ming dona sotuv bilan keyingi o‘rinlarni egalladi.