Yangiliklar

Oshqozonga zont yutsa ro‘za buziladimi

Habibulloh domla Abdulg‘affor javob berdi
Ro‘za vaqtlari
Foto: Pexels.com

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi bosh mutaxassisi Habibulloh domla Abdulg‘affor «Oshqozonga zont yutsa ro‘za buziladimi?» degan savolga quyidagicha javob berdi:

«Zont quruq o‘zi bo‘ladigan bo‘lsa, zontning o‘zi kirib, keyin o‘sha oshqozonning ichidagi narsalarni shu orqali ko‘rib qaytib chiqadigan bo‘lsa, ro‘za buzilmaydi, deydi ulamolar. Lekin uning uchiga moy surtilsa yoki u namlik bilan kiradigan bo‘lsa, unda ichiga o‘sha namlik kirgani uchun yoki moy kirgani uchun ro‘za ochiladi. O‘zi bo‘ladigan bo‘lsa, ro‘za ochilmaydi».

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Ramazonda suvsizlanishning oldini qanday olish mumkinligi haqida yozgandi. Unga ko‘ra, saharlikdan keyin 250 – 300 ml suv ichish tavsiya etiladi. Bu organizmga ro‘za davomida zarur bo‘lgan zaxira suyuqlikni beradi.

Hududlar kesimida saharlik va iftorlik vaqtlaridagi farqni @fatvouz_taqvim_bot telegram boti orqali aniqlash mumkin. Bot orqali yashash hududingizni tanlab, aniq vaqtlarni bilish imkoni mavjud.