Yangiliklar

O‘zbekiston Markaziy banki asosiy stavkani 13 foizgacha pasaytirishi mumkin — YTB

Yilning birinchi yarmida sodir bo‘lishi kutilmoqda
Markaziy bankda yangi tayinlovlar amalga oshirildi
O‘zbekiston Markaziy banki asosiy stavkani 13% gacha pasaytirishi mumkin — YTB / Foto: Kursiv Uzbekistan

Yevrosiyo taraqqiyot banki (YTB) tahlilchilari 2026-yilda O‘zbekiston Markaziy banki asosiy stavkani 14 foizdan 13 foizgacha pasaytirishini prognoz qilmoqda. Bu haqda moliya institutining mart oyidagi hisobotida qayd etildi.

Ta’kidlanishicha, regulyator asosiy stavkani yilning birinchi yarmida pasaytiradi. YTB hisobotida so‘m kursi vaziyati ham tilga olingan. O‘tgan yili milliy valyuta ilk bor tarixda dollarga nisbatan mustahkamlandi: kurs 12 905 so‘mdan 12 025 so‘mgacha pasayib, 6,8 foiz mustahkamlanish kuzatildi.

So‘mning mustahkamlanishiga bir necha omillar ta’sir qilgan. Jumladan, oltin eksportidan rekord daromadlar ($9,9 mlrd), yanvar–sentabr oylarida pul o‘tkazmalari 23 foizga o‘sishi, shuningdek, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar oqimi $19 mlrd (+46,9%) muhim rol o‘ynadi.

Bundan tashqari, dollar kursining jahon bozorlarida o‘rtacha 7,4 foizga zaiflashishi qo‘shimcha yordam berdi.

2025-yilda O‘zbekistonda budjet muvozanati ham yaxshilandi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, konsolidatsiyalangan budjet defitsiti YIMga nisbatan 3,1 foizdan 2,1 foizga kamaydi.

Budjet daromadlari 16,6 foizga oshdi, asosan oltin narxlarining yuqoriligi hisobiga qo‘shimcha tushumlar ta’minlandi. Xarajatlar ham o‘sdi va rejalashtirilgan darajadan 12,8 foizyuqori bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 1-apreldan ko‘chmas mulk va avtomobil savdosida yangi tartib joriy etilishi haqida yozgan edik.