Gadjetlar

Poco X8 Pro smartfoni rasman taqim etildi — narx

Narxi $300 dan boshlanadi
Poco X8 Pro smartfoni rasman taqim etildi — narx / Foto: Poco

Poco brendi yangi Poco X8 Pro modelini taqdim etdi. Smartfon yuqori sifatli ekran, kuchli apparat platforma va katta sig‘imli batareyasi bilan ajralib turadi.

Poco X8 Pro modeli 6,59 dyuymli AMOLED ekran bilan jihozlangan bo‘lib, u 120 Gts kadr tezligi, 2756 × 1268 piksel ruxsat va maksimal 3500 kd/kv.m yorqinlikni ta’minlaydi. Ekran himoyasi Corning Gorilla Glass 7i shishasi bilan mustahkamlangan, PWM chastotasi esa 3840 Gts ni tashkil qiladi.

Old kamera 20 MP, asosiy kamerada esa 50 MP (Sony IMX882) va 8 MP sensorlar mavjud. Qurilmaning apparat platformasi MediaTek Dimensity 8500 Ultra SoC asosida ishlaydi. Smartfonning o‘lchamlari 157,5 × 75,2 × 8,4 mm, og‘irligi esa 201,5 g ni tashkil qiladi.

Foto: Poco

Batareya sig‘imi 6500 mA/soat bo‘lib, qurilma 100 vattli simli va 27 vattli teskari simli quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Korpus IP68 darajasida himoyalangan, bu esa qurilmani chang va suvdan himoya qiladi.

Poco X8 Pro uch xil konfiguratsiyada sotuvga chiqariladi. Narxlari 8/256 GB modeli uchun $300, 8/512 GB modeli uchun $330, 12/512 GB modeli esa $360 ni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Poco X8 Pro Max kuchli batareya va keng ekran bilan taqdim etilgan edi.