
Qashqadaryoda Ichki ishlar xodimlari qidiruvdagi 25 yoshli yigitni ayol qiyofasida yashirinib yurgan paytda ushladi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, viloyatda o‘tkazilgan xavfsizlik tadbirlari davomida patrul xodimlari yigitning g‘ayrioddiy harakatini payqab, tekshiruv o‘tkazgan. Natijada uning shaxsi aniqlanib, qidiruvda ekani ma’lum bo‘lgan va vaqtinchalik hibsxonaga joylashtirilgan.
Qidiruvdagi shaxs o‘zini tanitmaslik maqsadida ayol kiyimida harakat qilgan va atrofdagilarga o‘zini boshqacha ko‘rsatishga uringan. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Jizzaxda mansabdor shaxs pora bilan qo‘lga tushgani haqida yozgandi.