Gadjetlar

Samsung Galaxy S26 Ultra egalariga 250 dollargacha kompensatsiya taklif qilmoqda

AQShda
Samsung Galaxy S26 Ultra’da yangi Ocean Mode paydo bo‘ldi
Foto: Sammobile

AQShda Samsung Galaxy S26 Ultra xaridorlari kompaniya qo‘llab-quvvatlash xizmati ularga pul taklif qilayotganini aytmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, agar foydalanuvchi smartfonni qaytarmaslikka rozi bo‘lsa, Samsung $250 gacha kompensatsiya berishi mumkin.

Foydalanuvchilar buning uchun support xizmatiga murojaat etib, qurilmadan norozi ekanini bildirganini aytmoqda. Shundan so‘ng ularga pul taklif qilingan.

Foto: Phonenurd

Bu rasmiy e’lon qilingan dastur emas. Hozircha bunday holatlar alohida foydalanuvchilar orasida qayd etilgan. Samsung esa bu ma’lumotlarni tasdiqlamagan.

Kompaniya qaytarishlar sonini kamaytirish uchun shunday usuldan foydalanayotgan bo‘lishi mumkin. Chunki Galaxy S26 seriyasiga talab yuqori ekani va oldindan buyurtmalar rekord darajada bo‘lgani aytilgan.

Shu bilan birga, Samsung mobil bo‘limida xarajatlar oshib, foyda kamaygani haqida ham ma’lumotlar bor. Shu sabab kompaniya mavjud sotuvlarni saqlab qolishga harakat qilayotgani taxmin qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samsung Galaxy A57 va A37 narxlari e’lon qilingandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Samsung Galaxy A57 Tailandda ikki xil xotira variantida sotuvga chiqadi. 12/256 GB versiyasi taxminan 17 999 bat (qariyb $555), 12/512 GB modeli esa 20 999 bat (taxminan $645) atrofida bo‘lishi kutilmoqda.