Toshkent havosi ifloslanishi normadan 11 baravar oshib ketdi

eʼlon qilindi
Hozirda poytaxt AQI indeksi 148 ni tashkil etmoqda
Foto: Toshkent shahar hokimligi

17-mart soat 09:22 holatiga ko‘ra, Toshkent shahri havosining ifloslanish darajasi sezilarli darajada oshib, AQI indeksi bo‘yicha 148 darajani tashkil qildi. Asosiy ifloslantiruvchi modda bo‘lgan PM2.5 konsentratsiyasi JSST yillik normasidan 10,9 baravar oshib ketgan.

Dunyodagi eng iflos shaharlar reytingini Hindistonning Dehli shahri 229 ko‘rsatkich bilan boshqarib turibdi. Ikkinchi o‘rindagi Qirg‘izistonning Bishkek shahri ko‘rsatkichi 211 ni tashkil qilsa, kuchli uchlikni 197 ko‘rsatkich bilan Xitoyning Pekin shahri yopib bergan. O‘zbekiston poytaxti Toshkent ushbu ro‘yxatda Janubiy Koreyaning Seul shahridan keyin 8-o‘rinda joylashgan.

Ekran tasviri / IQAir

Taqdim etilgan prognozlarga ko‘ra, Toshkent havosi kun davomida asta-sekin tozalanishi kutilmoqda. Xususan, soat 10:00 da AQI indeksi 141 ga, 13:00 da esa 116 gacha pasayishi prognoz qilingan. Kechki soat 19:00 ga kelib bu ko‘rsatkich 64 darajagacha tushib, havo sifati me’yoriy holatga yaqinlashadi.

Platforma ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda havodagi PM2.5 moddasi miqdori 54,5 mkg/m³ ga yetgan bo‘lib, mutaxassislar ushbu holatni «ta’sirchan guruhlar uchun nomaqbul» deb baholamoqda. Shuningdek, ayni paytda poytaxtda havo harorati 10 daraja issiqni, shamol tezligi esa soatiga 4 kilometrni tashkil etmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Eron tomondan kislotali bulutlar kelishi haqidagi xabarlar rad etilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek