«Uzoq shahar» nega efirga chiqmadi? Yangi qism qachon e’lon qilinadi

17-mart 2026 14:04 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
«Uzoq shahar» nega efirga chiqmadi? Yangi qism qachon e’lon qilinadi
Foto: Kanal D

Kanal D telekanalida har dushanba namoyish etilayotgan «Uzoq shahar» («Uzak Şehir»)  serialining yangi qismi bu hafta efirga uzatilmadi. Shu sabab tomoshabinlar orasida savollar ko‘paydi.

Ozan Akbaba va Sinem Ünsal bosh rollarni ijro etayotgan serial so‘nggi bor 53-qismi bilan namoyish etilgan edi. Odatda dushanba kunlari efirga chiqadigan loyiha bu hafta telekanal dasturidan olib tashlandi.

Serial o‘rniga 19:30 da «Qandil kechasi ekskluziv» («Kandil Gecesi Özel») dasturi efirga uzatildi. Soat 21:00 da esa serialning takroriy qismi berildi. Shuningdek, rasmiy sahifada 54-qism 2-tizer videosi e’lon qilindi.

ETi Browni | Uzak Şehir 54. Bölüm 2. Fragman | «Cihan! Senin görmen gereken birisi var.» @kanald

Kanal D ma’lum qilishicha, serialning 54-qismi 2026-yil 23-mart, ya’ni keyingi dushanba kuni odatdagi vaqtda efirga chiqadi.

Bundan oldin ilk tizer video e’lon qilingandi. Unda Boran Alyaning oldiga kutilmagan shart bilan chiqadi. Alya o‘g‘liga yetishish uchun og‘ir qaror qabul qilishga majbur bo‘ladi. Bu qaror esa uning Jihan bilan bo‘lgan munosabatlarini yana sinovdan o‘tkazadi va voqealar yangi bosqichga o‘tishini anglatadi.

Uzak Şehir 54. Bölüm 1. Tanıtım | «Sen Benim Karımsın Alya! Bu Yüzüğü Çıkarma…»

Shuningdek, yangi qismga Jihanning ilk sevgilisi ham qo‘shilishi kutilmoqda.

Shuningdek