Yaqin Sharqdagi urush fonida Bahrayn va Saudiya Arabistonidagi Formula-1 poygalari bekor qilindi

17-mart 2026 10:52 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Formula-1. Lando Norris
Foto: Formula 1

Formula-1’ning 2026-yil taqvimida Bahrayn va Saudiya Arabistonida o‘tkazilishi rejalashtirilgan poygalar bekor qilindi. Bu haqda Sky Sports xabar berdi.

Unga ko‘ra, qaror Yaqin Sharqdagi urush sabab qabul qilindi. Dastlab Bahrayndagi poyga 10 – 12-aprel kunlari, Saudiya Arabistonidagi bosqich esa 17 – 19-aprel kunlari o‘tkazilishi kerak edi. Biroq mintaqadagi vaziyat xavfli bo‘lgani sabab mazkur musobaqalar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi.

Bundan tashqari, ushbu sanalarga belgilangan Bahrayn – Saudiya Arabistoni juftligi o‘rtasidagi o‘yinda rejalashtirilgan F2, F3 va F1 Akademiya bahslari ham o‘tkazilmaydi.

Formula-1 rahbariyati ushbu poygalar o‘rniga boshqa bosqich qo‘shilmasligini ham ma’lum qilgan. Natijada 2026-yilgi mavsum 22 ta poygadan iborat bo‘ladi.

Mamlakat / shaharSanaMamlakat / shaharSana
Avstraliya6 – 8-martNiderlandiya21 – 23-avgust*
Xitoy13 – 15-mart*Italiya4 – 6-sentabr
Yaponiya27 – 29-martMadrid11 – 13-sentabr
Mayami1 – 3-may*Ozarbayjon24 – 26-sentabr
Kanada22 – 24-may*Singapur9 – 11-oktabr*
Monako5 – 7-iyunAQSh23 – 25-oktabr
Barselona12 – 14-iyunMeksika30-oktabr – 1-noyabr
Avstriya26 – 28-iyunBraziliya6 – 8-noyabr
Buyuk Britaniya3 – 5-iyul*Las-Vegas19 – 21-noyabr
Belgiya17 – 19-iyulQatar27 – 29-noyabr
Vengriya24 – 26-iyulAbu-Dabi4 – 6-dekabr

* hafta oxirida o‘tkaziladigan poygalar

Endi taqvimda o‘zgarish yuzaga keldi. Yaponiya Gran-prisi 27 – 29-mart kunlari o‘tadi, undan keyingi poyga esa faqat 1 – 3-may kunlari Mayamida bo‘ladi. Shu sabab poygalar orasida besh haftalik tanaffus yuzaga keladi.

Formula-1 rahbariyati bu qaror xavfsizlik sabab qabul qilinganini va kelajakda vaziyat yaxshilangach, ushbu davlatlarga qaytish rejalashtirilayotganini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaqin Sharqdan evakuatsiya qilingan o‘zbekistonliklar 33 mingga yaqinlashgani haqida xabar berilgandi. Diplomatik vakolatxonalar tegishli idoralar bilan hamkorlikda evakuatsiya jarayonini tashkil qilmoqda. Xususan, 12-mart kuni Qatardagi O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida 49 nafar fuqaro BAA va Saudiya Arabistoniga yetkazildi.

Shuningdek