Zeekr 8X uchun oldindan buyurtma ochildi — narx

17-mart 2026 10:32 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Zeekr 8X uchun oldindan buyurtma ochildi — narx
Foto: IT Home

Xitoyda 16-martdan yangi Zeekr 8X krossoveri oldindan buyurtmaga chiqdi. Autohome yozishicha, modelning boshlang‘ich narxi 376,8 ming yuan, ya’ni taxminan $54,6 mingni tashkil etadi.

Yangi avtomobil 2,0 litrli dvigatel va elektr motorlar kombinatsiyasida ishlaydi. U ikki yoki uch motorli variantlarda taklif qilinadi. Eng kuchli versiyada uchta elektromotor mavjud bo‘lib, umumiy quvvat 1030 kVtga yetadi. Bu model 0 dan 100 km/soatgacha 2,96 soniyada tezlashadi. Ikki motorli versiya esa bu tezlikka 3,7 soniyada chiqadi.

VariantNarx (yuan)Narx (USD)
Max376 80054 609
Ultra396 80057 535
Ultra+446 80064 785
8X Yaoying516 80074 935

Batareya sig‘imi 55,1 kVt/soat va 70 kVt/soat variantlarda taqdim etiladi. To‘liq elektr rejimida avtomobil 410 km.gacha yurishi mumkin. Umumiy yurish zaxirasi esa 1416 km.ga yetadi. 900 voltli tezkor zaryadlash tizimi yordamida batareyani 20 foizdan 80 foizgacha 9 daqiqada to‘ldirish mumkin.

Foto: IT Home

Zeekr 8X o‘lchamlari ham katta. Uning uzunligi 5100 mm, eni 1998 mm, balandligi 1780 mm. G‘ildirak bazasi 3069 mm.ni tashkil etadi. Avtomobil og‘irligi 2,8 tonnadan oshadi.

Model zamonaviy haydovchiga yordam tizimlari bilan jihozlangan. Unda 43 ta sensor, 5 ta lidar va kuchli hisoblash tizimi mavjud. Bu tizimlar sun’iy intellekt yordamida ishlaydi.

Foto: IT Home

Salon 5 yoki 6 o‘rindiqli variantda taklif qilinadi. Orqa qismda OLED ekran, 29 ta karnayli audio tizim va keng bagaj mavjud. Bagaj hajmi 1133 litrdan 2200 litrgacha kengayadi.

Zeekr 8X premium segmentdagi krossoverlar bilan raqobatlashadi. U Xitoy bozorida Aito M8 va Li Auto L8 kabi modellarga qarshi chiqadi.

Foto: IT Home

Hozircha modelning global bozorga chiqish sanasi e’lon qilinmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Olmaota shahrida qishki sharoitda Zeekr X va Geely Galaxy EX5 elektromobillarining yurish zaxirasi sinovdan o‘tkazilgandi. Natijada Geely Galaxy EX5 bir zaryadda 276,5 km yo‘l bosdi. Zeekr X esa 237 km.da to‘xtadi.

Shuningdek