Gadjetlar

200 dollarlik Oppo K14 5G taqdim etildi

Hindiston bozorida
Foto: Oppo

Oppo Hindistonda yangi budjet smartfoni — Oppo K14 5G modelini rasman taqdim etdi. Bu haqda kompaniya rasmiy sahifasida ma’lum qildi.

Qurilma arzon narxiga qaramay, kuchli batareyasi va himoya darajasi bilan ajralib turadi.

Yangi smartfon 7000 mA/soat sig‘imli batareya bilan jihozlangan bo‘lib, 45 vattli tezkor zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Qurilmaning boshlang‘ich narxi taxminan $200 ni tashkil etadi.

Model 6 GB operativ xotira va 128 GB doimiy xotira bilan taqdim etilgan. Uning asosida o‘rta segment uchun mashhur bo‘lgan Dimensity 6300 protsessori ishlaydi.

Smartfon 6,75 dyuymli displeyga ega bo‘lib, 120 Hz yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi. Biroq ekran AMOLED emas, balki HD+ aniqlikdagi IPS paneldan iborat.

Qurilmaning yana bir muhim jihati — IP69 darajasidagi suv va changdan himoya. Bu xususiyat odatda qimmatroq modellarda uchrasa-da, endilikda budjet segmentida ham paydo bo‘lmoqda.

Bundan tashqari, smartfonda 50 megapikselli asosiy kamera, microSD karta uchun slot va 212 gramm og‘irlik mavjud.

Oppo K14 5G arzon narxda katta batareya va yuqori himoya darajasini taklif qiluvchi smartfon sifatida bozorga chiqmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Xitoyda Oppo, OnePlus va Vivo smartfonlari narxi keskin oshayotgani haqida yozgandi.