Yangiliklar

50 ta xorijiy bloger O‘zbekistonga bepul yetti kunlik turpaket bilan taklif qilinadi

Qo‘shilgan qiymat solig‘ining yarmi keshbek shaklida qaytariladi
Foto: Turizm qo‘mitasi

1-apreldan boshlab, turoperatorlar uch oy davomida jalb qilgan har 1 ming xorijiy turist uchun Davlat budjetidan $5 minggacha subsidiya oladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev raisligida Narpay tumanida Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilishida ma’lum qildi.

Shu bilan birga, qo‘shilgan qiymat solig‘ining yarmi keshbek shaklida qaytariladi.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda 5 milliondan ortiq kuzatuvchisi bo‘lgan 50 ta xorijiy bloger O‘zbekistonga yetti kunlik bepul turpaket bilan taklif qilinadi.

Davlat, shuningdek, dunyodagi yirik onlayn sayyohlik platformalarida O‘zbekistonni targ‘ib qilish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplab berishni rejalashtirmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Samarqanddagi mahallalar infratuzilmasi uchun $150 million ajratilishi haqida yozgandi.