Yangiliklar

Bayram kunlari Toshkent metrosi bir soat oldin ish boshlaydi

Soat 04:00 dan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi
Метро Ташкента
Foto: LiveJournal / gelio

20-mart, Ramazon hayiti kuni metro poyezdlari odatdagidan 1 soat oldin, ya’ni soat 04:00 dan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi. Bu haqda «Toshkent metropoliteni» xabar berdi.

Bayram kunlarida poyezdlar harakati quyidagicha tashkil etiladi:

  • 20 – 21-mart kunlari metro poyezdlari shanba kuni jadvaliga muvofiq harakatlanadi.
  • 22 – 23-mart kunlari esa yakshanba kuni tasdiqlangan jadval bo‘yicha xizmat ko‘rsatadi.

Yo‘lovchilardan ushbu jadvalni hisobga olgan holda harakatlarini oldindan rejalashtirishlari so‘raladi.

Avvalroq «Kursiv» nashri o‘zbekistonliklar Ramazon hayiti va Navro‘z munosabati bilan necha kun dam olishi haqida yozgandi.