Gadjetlar

Buklanadigan flagmanlar sinovi: Oppo Find N6 yetakchi bo‘ldi

Natijalarga ko‘ra, kutilganidek eng katta batareyaga ega model ustunlik qildi
Foto: Videodan olindi

Yangi taqdim etilgan Oppo Find N6 modeli avtonomiya bo‘yicha Samsung Galaxy Z Fold7 va Google Pixel 10 Pro Fold bilan solishtirildi. Sinov mashhur PhoneBuff kanali tomonidan o‘tkazilgan.

OPPO Find N6 vs. Galaxy Z Fold 7 vs. Pixel 10 Pro Fold Battery Test

Taqqoslashda uchala qurilma kundalik foydalanish rejimiga yaqin sharoitda tekshirildi — bunda ichki va tashqi ekranlar aralash holda ishlatilgan.

Natijalarga ko‘ra, kutilganidek eng katta batareyaga ega model ustunlik qildi. Oppo Find N6 6000 mA/soat batareyasi bilan 11 soat 46 daqiqa ishlagan. Google Pixel 10 Pro Fold 5015 mA/soat bilan 10 soat 40 daqiqa natija ko‘rsatgan bo‘lsa, Samsung Galaxy Z Fold7 4400 mA/soat batareya bilan 9 soat 52 daqiqada sinovni yakunlagan.

Zaryadlash tezligi bo‘yicha esa katta farq kuzatilmadi: yarim soatda qurilmalar mos ravishda 55%, 49% va 51% gacha quvvatlangan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Oppo’ning Find N6 buklanadigan smartfoni xususiyatlari oshkor bo‘lgani haqida yozgandi.