Yangiliklar

Dollar qariyb 50 so‘mga oshdi: 19-mart uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

18-martda dollar 37,79 so‘mga oshib, 12 129,01 so‘mni tashkil etdi
19-mart uchun valyutalar kursi e’lon qilindi
Foto: depositphotos

19-mart uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar 49,84 so‘mga oshib, 12 178,85 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.

12-martdan 16-martga qadar dollarda faqat tushish qayd etildi. Xususan, 12-mart kuni 22,37 so‘mga tushib, 12 135,76 so‘mni, 13-martda 33,37 so‘mga tushib, 12 102,39 so‘mni va 16-mart kuni yana 20,76 so‘mga tushib, 12 081,63 so‘mni qayd etdi. 17-martda esa 9,59 so‘mga oshib, 12 091,22 so‘mni, 18-martda ham 37,79 so‘mga oshib, 12 129,01 so‘mni tashkil etdi. 

Oxirgi besh kunlikdagi o‘zgarish

Grafik Chat GPT yordamida tayyorlandi / Kursiv Uzbekistan

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 84,2 so‘mga oshib, 14 053,18 so‘mni, rubl 1,45 so‘mga tushib, 146,54 so‘mni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan hafta davomida dollar qanday o‘zgargani haqida yozgan edi.