Yangiliklar

Gulistonda sun’iy intellekt, IT karyera va startaplarga bag‘ishlangan IT Community Roadshow yirik tadbiri bo‘lib o‘tadi 

IT Community Roadshow

28-mart kuni Guliston shahrida IT Community Roadshow bo‘lib o‘tadi. Bu sun’iy intellekt, IT sohasidagi karyera va texnologik startaplarni rivojlantirishga bag‘ishlangan ta’limiy tadbirlar seriyasi.

Roadshow yetakchi soha mutaxassislari, tadbirkorlar va tadqiqotchilarni birlashtirib, yoshlar uchun IT sohasiga kirish, karyera qurish va o‘z texnologik loyihalarini boshlash bo‘yicha maslahatlar beradi. Kun davomida ishtirokchilar ekspertlarning chiqishlari, mahorat darslari va interaktiv sessiyalarda qatnashishlari mumkin.

Roadshow dasturi quyidagi mavzularni o‘z ichiga oladi:

  • IT sohasida karyera qurishda sun’iy intellektning roli,
  • startaplarni yaratish va kengaytirish yo‘llari,
  • LinkedIn’da shaxsiy brend va professional imijni rivojlantirish,
  • soha mutaxassislari bilan netvorking va tajriba almashish imkoniyatlari.

Shuningdek, ishtirokchilarni interaktivlar, sovrinli o‘yinlar va texnologik hamjamiyat yetakchilari bilan ochiq muhokamalar kutmoqda.

Roadshow spikerlari

Sahnada IT sohasi mutaxassislari, yetakchi texnologik kompaniyalar va innovatsion tashkilotlar vakillari chiqish qiladi:

Spikerlar:

  • Shavkat Karimov (IT Community of Uzbekistan rahbari),
  • Dilafruz Xidoyatova (Texnik kadrlarni jalb qilish bo‘yicha hamkor, Group-IB),
  • Mohinur Inomova (Asoschi va CEO, YorYor / Karyerist_uz),
  • Samandar Akromov (Axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘limi bosh mutaxassisi, UZCARD),
  • Ruslanbek Raxmonov (Yetakchi ilmiy xodim, Uzum)
  • Ilhomjon Aliyev (Direktor o‘rinbosari, U-Enter Innovation Center),
  • Zarina Luxmanova (CEO, School 21),
  • Amir Hotami (Asoschi va CEO, Samo Lines),
  • Gulnora Abdunazarova (Operatsiyalar bo‘yicha rahbar, Women in Tech Uzbekistan),
  • Muslima Abdumo’minova (Ambassador, IT Community of Uzbekistan)

Shirin shahri ishtirokchilari uchun bepul transport

Shirin shahridan keladigan ishtirokchilar uchun Roadshow o‘tkaziladigan joyga bepul avtobuslar tashkil etiladi. O‘rinlar soni cheklanganligi sababli, tashkilotchilar oldindan ro‘yxatdan o‘tishni tavsiya qiladi.

Qanday qatnashish mumkin

Tadbirda qatnashish bepul, biroq oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi. Ro‘yxatdan o‘tish uchun Telegram-bot orqali murojaat qilish mumkin:
https://t.me/itcomuzbot

Tadbir tafsilotlari

2026-yil 28-mart
Soat 10:00 – 17:00 (tushlik va kofe-breyklar bilan)
Yoshlar ishlari agentligi, Guliston, Yangi Hayot ko‘chasi, 11
Tadbir tili: o‘zbek

Roadshow Uzum, Huawei, UZCARD, EPAM kompaniyalari ko‘magida, shuningdek, School 21, Women in Tech, OLX, Kursiv hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida o‘tkazilmoqda.