Maktablarda bahorgi ta’til 20-martdan boshlanadi

O‘zbekiston maktablarida bahorgi ta’til Ramazon hayiti munosabati bilan 20-mart juma kunidan boshlanadi. Bu haqda Maktab va maktabgacha ta’lim vazirligi xabar berdi.
Unga ko‘ra ta’til 20-martda boshlanib 28-martga qadar davom etadi.
Shu bilan birga, 4-chorak 30-mart dushanba kunidan start oladi. 20-mart (juma) va 28-mart (shanba) kunidagi o‘quv mashg‘ulotlari esa 4-chorak davomida o‘quv dasturlariga moslashtirilgan holda o‘qitiladi.
Avvalroq «Kursiv» nashri o‘zbekistonliklar Ramazon hayiti va Navro‘z munosabati bilan necha kun dam olishi haqida yozgandi.
Ma’lumot uchun, joriy yil Ramazon hayitining birinchi kuni 20-mart – juma kuniga to‘g‘ri keladi. Shu munosabat bilan 2026-yil 20-mart kuni O‘zbekistonda Ramazon hayiti sifatida keng nishonlanadi.