
Oppo kompaniyasi arzon narxli, katta batareyaga ega yangi smartfon modeli Oppo A6s 5G’ni taqdim etdi. Bu haqda kompaniya rasmiy sahifasida ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, yangi modeli 7000 mAh quvvatli batareya bilan jihozlangan bo‘lib, narxi $205 ni tashkil etadi. Mazkur qurilma K14 5G modeliga o‘xshash bo‘lsa-da, ayrim jihatlari bilan farq qiladi.

Eng asosiy o‘ziga xosligi – zaryadlash quvvati: A6s 5G 80 Vt quvvatni qo‘llab-quvvatlaydi, K14 5G esa 45 Vt quvvatga ega bo‘lib, bu 200 dollar atrofidagi narx uchun kutilmagan natija hisoblanadi.
Qurilmada bazaviy konfiguratsiyada 4 GB tezkor xotira va 128 GB ichki xotira mavjud. A6s 5G Dimensity 6300 chipseti asosida ishlaydi va 6,75 dyuymli HD+ IPS ekran bilan jihozlangan bo‘lib, 120 Hz yangilanish tezligini qo‘llab-quvvatlaydi.

Shuningdek, yangi smartfon IP69 himoya darajasiga ega va asosiy kamerasi 50 MP ruxsat bilan ishlaydi, bu esa foydalanuvchilarga sifatli suratga olish imkonini beradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoyda Oppo, OnePlus va Vivo smartfonlari narxi keskin oshayotgani haqida yozgan edik.