Yangiliklar

O‘zbekistonliklar Ramazon hayiti va Navro‘z munosabati bilan necha kun dam oladi

Ketma-ket to‘rt kun dam olish kunlari sifatida belgilandi
Foto: prezident.uz

O‘zbekistonda Ramazon hayiti va Navro‘z munosabati bilan ketma-ket dam olish kunlari belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, fuqarolar quyidagi kunlarda dam oladi:

  • 20-mart (juma) – Ramazon hayiti kuni;
  • 21-mart (shanba) – Navro‘z bayrami;
  • 22-mart (yakshanba) – odatiy dam olish kuni;
  • 23-mart (dushanba) – 5 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun qo‘shimcha dam olish kuni.
Foto: Adliya vazirligi

Shuningdek, 23-martdagi dam olish kuni bayram kuni dam olish kuniga to‘g‘ri kelgani sababli ko‘chirilgan.

Shu bilan birga, 6 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun 23-mart ish kuni hisoblanadi. Natijada, 5 kunlik ish tartibida ishlovchilar ketma-ket 4 kun dam oladi.

Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekistonda bu yilgi Navro‘z bayrami qanday nishonlanishi haqida yozgandi.