Yangiliklar

Toshkent — Xiva yo‘nalishida tezyurar poyezd 2-maydan ishga tushiriladi

Uchta toifadagi yo‘lovchilarni qabul qiladi: VIP, biznes va ekonom – jami taxminan 390 kishi.
Foto: prezident.uz

2-maydan boshlab Toshkent va Xiva shaharlarini bog‘laydigan «Jaloliddin Manguberdi» tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatovga jurnalistlarga bergan intervyusida xabar berdi.

Poyezd Hyundai Rotem kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan bo‘lib, soatiga 260 kilometrgacha tezlikda harakatlana oladi. Tarkibida yetti vagon mavjud bo‘lib, ularning uzunligi 175 metrni tashkil etadi va uchta toifadagi yo‘lovchilarni qabul qiladi: VIP, biznes va ekonom – jami taxminan 390 kishi.

Vagonlarning oynalari qoraytirilgan bo‘lib, oq rangli tashqi qoplamasi O‘zbekiston bayrog‘ini eslatuvchi moviy, yashil va qizil chiziqlar bilan bezatilgan. Har bir vagonda Jaloliddin Manguberdi nomi ham aks ettirilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Prezident yangi «Jaloliddin Manguberdi» poyezdida Narpayga borgani haqida yozgandi.

Poyezd O‘zbekiston iqlimiga moslashtirilgan bo‘lib, chang, yuqori va past harorat, qum bo‘ronlariga chidamli tizimlar bilan jihozlangan. Yaqin orada u Toshkent – Urganch – Xiva yo‘nalishi bo‘ylab qatnay boshlaydi va qatnov vaqti 7 soatni tashkil etishi kutilmoqda.